O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet26/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Mazmuniy maqsadlar
- o’quvchilarda ta’limning keyingi bo’g’inlarida ta’lim olishini davom ettirishga yetarli bir tizimga solingan kimyoviy bilimlarni shakllantirish;
- o’quvchilarda kimyoni insoniyat tarixi rivojida, madaniyatda, fan va ishlab chiqarish hamda kundalik turmushda tutgan o’rnini anglatgan holda, real amaliy muammolarni hal qilishning asosiy vositalaridan biri bo’lgan kimyo fani asoslari bilan tanishtirish.
Dars maqsadi va natijalarining o’zaro mutanosibligini ta’minlash.
Ma’lumki, DTS talablari umumiy tarzda ifodalangan bo`lib, har bir bilim va ko’nikmalar haqidagi talablar avvaliga sinflar, so’ng boblar, so’ng mavzular va nihoyat mavzuga ajratilgan dars soatlari kesimida aniqlashtirib boriladi. Shunday qilib har bir darsda bir DTS ning qaysidir bilim va ko’nikmalarga qo’yilgan talablarni o’quvchilarda shakllantirish bilan shug’ullanamiz. Shu jihatdan, har bir darsning ta’limiy maqsadlarini DTS talablarining kichik bir uchquni desak bo’ladi. Shunday ekan, birinchidan dars maqsadlari aniq qo’yilishi va ikkinchidan darsning natijalari nazorat qilib borilishi lozim. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, dars oxirida dars maqsadida keltirilgan har bir bilim va ko’nikmalarning shakllantirilganligi tekshirilishi va nazorat qilib borilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, dars maqsadi va uning natijalari bir-biriga uyg’un tarzda ifodalanishi lozim.
Bu o’rinda darsning darsga yakun yasash bosqichida beriladigan savollar, kichik topshiriqlar, mustaqil ish masala-misollari hamda uyga berilgan vazifalar shunday tuzilishi kerak-ki, ular dars maqsadida belgilangan bilim va ko’nikmalarning shakllangan yoki shakllanmaganini aniqlab bersin.
Zamonaviy pedagogikada inson o’z faoliyati, hatti-harakati va ularning natijalarini tahlil qilishiga (o’zini-o’zi baholashiga) refleksiya deb ataladi. Refleksiya o’quvchilarga o’z o’quv faoliyatlari va ularning natijalarini baholashlariga yordam beradi. Shuningdek, keyingi o’quv faoliyati maqsadini belgilashiga va ularga tuzatishlar kiritishiga zamin yaratadi. Shu jihatdan undan aynan dars natijalarini baholashda foydalanish mumkin bo’ladi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling