9. Sholi donini chiqindilardan tozalash.
Sholi donini qayta ishlashga tayyorlash texnologik jarayoni quyidagilardan
iborat:
donning
tarkibidan
chiqindilarni
havoli-q’alvirli
separatorlarda,
aspiratorlarda, yorma elakdonlarida, yormaajratgichlarda, tosh tozalagich
mashinalarida va pnevmostollarda tozalash.
Sholi doni tarkibidan chiqindilarni to’liq ajratib olish uchun don frakstiyalarga
ajratiladi va alohida tozalanadi. Birinchi havoli-q’alvirli separatorda sholi yirik va
engil chiqindilardan uzun teshikli razmerlari 3,0...4,0x20 mm q’alvirda tozalanadi
va aylana teshikli diametri 3,6...4,0 mm bo’lgan q’alvirda ikkita frakstiyaga
bo’linadi. Yirik va mayda sholi doni frakstiyalari alohida ikkinchi separatorlar
sistemasida elanadi. Bunda don chiqindilardan tozalanadi va bir nechta frakstiyaga
bo’linadi. Har bir frakstiya tarkibida o’ziga xos chiqindilar bo’ladi va ularni
ajratish uchun A1-BKG rusumli yorma ajratgichlar yoki A1-BRU rusumli
elakdonlar qo’llaniladi. Donni tarkibidagi kurmakni ajratish uchun aylana teshikli
q’alvirlar, buq’doy va javdarni ajratish uchun uzun teshikli q’alvirlar qo’llaniladi.
Yaxshi rivojlanmagan va puch donlarni ajratish uchun havo separatorlari
qo’llaniladi. Mineral chiqindilarni asosiy miqdori o’zida bo’lgan don frakstiyasi
tosh tozalagich mashinasiga yuboriladi.
Chiqindilardan tozalangan don ikkita oqim (yirik va mayda don frakstiyasi)
bilan qobiq ajratish bo’limiga uzatiladi.
Chiqindilar A1-BKG rusumli yorma ajratgichda nazorat qilinadi. Aylana
teshikli diametri 1,5 mm q’alvirda qolgan mahsulot I va II kategoriyali chiqindi
hisoblanadi, aylana teshikli diametri 1,5 mm q’alvirdan o’tgan mahsulot III
kategoriyali chiqindi hisoblanadi. Yorma ajratgichdagi aylana teshikli diametrlari
3,0...3,2 mm galvirning qoldiq’idagi mahsulot aspiratorlarda engil chiqindilardan
tozalangandan keyin tosh tozalagichga tushadigan mayda don frakstiyasiga qo’shib
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |