16
Donni qayta ishlash korxonalarida ajratish jarayoni asosiy jarayonlardan biri
hisoblanadi. Donni tozalash bo’limida bajariladigan ajratish jarayoni donni
maydalash va qobiqni ajratish bo’limlarida ham asosiy jarayonlardan biridir.
Aralashmalarni frakstiyalarga ajratish uchun kerakli bo’linish belgilarini
to’q’ri aniqlab bilish texnologning vazifasiga kiradi: dondan har xil aralashmalarni
ajratish, qobiqni ajratishda yoki maydalashda hosil bo’ladigan mahsulotlar
aralashmasini kattaligiga va sifatiga qarab frakstiyalarga ajratish. Bu
aralashmalarning bo’linish belgilari quyidagilardir: a) zarralarning geometrik o’l-
chamlari (qalinligi, eni, uzunligi), b) aerodinamik xususiyatlari, v) magnit va
elektrofizik xossalari, g) zichligi, ishqalanish koeffistienti, d) gidrodinamik
xossalari, e) rangi va boshqalar.
Don va don mahsulotlarini tashkil qiluvchi frakstiyalarni xususiyatlariga
qarab bir xil frakstiyalarga bo’linish jarayoniga ajratish (separastiyalash) deyiladi.
Tegirmon va yorma zavodlarida donlarni begona aralashmalardan, don
maydalanishida va qobiq’idan ajratish jarayonida hosil bo’ladigan oraliq
mahsulotlarni ajratish va tayyor un va yormalarni nazorat qilib ajratish asosiy
maqsaddir.
Agar ajratish bir ko’rsatkich asosida tashkil qilinsa oddiy ajratish deyiladi.
Masalan: q’alvirli ajratgichlarda geometrik o’lchami bo’yicha ajratish. Amaliyotda
bir mashinaga bir necha ko’rsatkichlardan foydalanib murakkab ajratish
funkstiyasi beriladi. Masalan RZ-BKT tosh ajratgich mashinasida donning
aerodinamik xossalari, zichligi va yuza ishqalanish koeffistientlari asosida ajratish
jarayoni tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: