8.2. Donni fiziko-ximiyaviy xossalarini o’zgarishi.
Gidrotermik ishlov berish natijasida donni fiziko-ximiyaviy xossalari ham
o’zgaradi. Bu donni namlashda donni bukishi, strukturasini o’zgarishi va
endospermni mo’rt bo’lishi bilan boq’liqdir.
Buq’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berganda don shunday
bukadiki, bunda mayda donni hajmi yirik donni hajmiga nisbatan ko’proq oshadi.
Natijada don partiyasini tekislanganligi ko’payadi va keyingi texnologik
jarayonlarni natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Donni naturasi namiqtirishni boshlarida tez kamayadi, keyin birqancha
oshadi. Bu donni bukishi va qobiqlarni namligini oshishi bilan boq’liqdir.
Un ishlab chiqarishda donni shaffofligi namlik, jarayonni temperaturasi va
davom etish vaqtiga boq’liq holda kamayadi.
Yorma ishlab chiqarishda donga gidrotermik ishlov berganda (issiq usulda)
tayyor mahsulot yormani bukishi va pishishi yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |