O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Don tuzilishining texnologik ahamiyati
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
6. Don tuzilishining texnologik ahamiyati. Don qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Un va yorma ishlab chiqarishdagi umumiy sarfning 90-95 % don zimmasiga tushadi. Shuning uchun uni yuqori samaradorlik bilan ishlatish zarur, ya’ni minemal solishtirma ishlatish sarflarida sifati yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarning chiqishini maksimal ta’minlash. Bunday muhim vazifani korxonalarda texnologiyaning yuksak usullarini va yuqori unumdorli jihozlarni qo’llagan holda, qayta ishlash jarayonida don xususiyatlarini boshqarish asosida amalga oshirish mumkin. Buning uchun mutaxassis korxonaga qabul qilinayotgan donning texnologik xususiyatlarini baholay olishi va xossalarini hisobga olgan holda texnologik jarayonlarning maqsadga muvofiq tartibini tanlay olishi zarur. Hozirgi zamon ilmiy tasavvuriga ko’ra, donning xususiyatlarini baholashda quyidagilarni hisobga olish kerak: don fizik jihatdan murakkab bo’lib, strukturasi va xossalari har xil bo’lgan anatomik qismlarni (endosperm, qobiqlar va murtak) butun birlikda organik boq’lanishi natijasida hosil bo’lgan murakkab organizmdir. Ikkinchidan, don-tirik organizm bo’lib, unda kechadigan hamma jarayonlar, tabiat boq’liq bo’lmagan holda donning biologik sistemasiga ta’sir etuvchi boshqaruvchiga bo’ysunishini hisobga olish zarur. Termodinamik nuqtai nazardan qaraganda don ichki va tashqi boq’lanishlarining soni ko’p bo’lgan murakkab ochiq sistemaga o’xshaydi. Qayta ishlash uchun xom ashyo sifatidagi donni kompleks baholash uchun uning texnologik potenstiali degan tushunchani qo’llash maqsadga muvofiq. U 10 navning biologik xususiyatlari, o’stirishning tuproq va iqlim sharoitlari, agrotexnik tadbirlar kompleksi ta’siri ostida shakllanadi. ┌─────────────┐ │Donni genetik│ ┌─────────────────│ tavsifi │─────────────┐ │ └──────┬──────┘ │ │ │ │ │ │ │ ┌──────┐ ┌─────────────┐ ┌──────┐ │Tuprok├──────────────│ Texnologik │──────────┤Iklim │ └──────┘ │ potenstiali │ └──────┘ │ └─────────────┘ │ │ │ │ │ │ │ │ ┌──────┴──────┐ │ └─────────────────│ Agrotexnika │─────────────┘ └─────────────┘ 1-rasm. Don texnologik potenstialining shakllanish sxemasi. Un va yorma sanoatida bu texnologik potenstial ikkita asosiy ko’rsatkich bilan aniqlanadi: - anatomik qismlar massasining nisbati, asosan endosperm miqdori; - ishlab chiqarish jarayonida donning anatomik qismlarining alohida mahsulotlarga bo’linishining fizik imkoniyati. Un va yormaning qaysi maqsadda ishlatilishidan kelib chiqqan xolda, ularning iste’mol qiymatini ham hisobga olish zarur. Shunday qilib, donning texnologik potenstiali uning texnologik va iste’mol qiymatidan tashkil topgan. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling