2. Havoli-g’alvirli mashinalarda yormachalarni boyitish.
Yormachalarni
havoli-g’alvirli
mashinalarda
boyitish
jarayoni
yor-
machalarning zichligi va aerodinamik xususiyatlariga asoslangan bo’ladi.
Havoli-g’alvirli mashinalar asosan yormalash jarayonida hosil bo’lgan
yormachalarni sifati bo’yicha saralash maqsadida qo’llaniladi, ya’ni kuldorligi past
bo’lgan yormachalar elanma sifatida ajratib olinadi va yanchish jarayonidagi valli
dastgohlarga yuborilib sifatli un olishni ta’minlaydi. Bundan tashqari havoli-
g’alvirli mashinalar manna yormasini ajratib olishda ham qo’llaniladi.
Hozirgi paytda un ishlab chiqarish sanoatida asosan A1-BSO rusumli va ba’zi
bir tegirmonlarda ZMS-2,2, ZMS-2-4 rusumli havoli-g’alvirli mashinalar
ishlatiladi.
Yormachalarni havoli-g’alvirli mashinalarda sifati bo’yicha saralash jarayoni
ko’p omillardan bog’liq bo’ladi: elaklarni tavsifidan, mashinaga tushadigan
solishtirma yuklamadan, yormachalarni razmerlari bo’yicha tekislanganligidan,
tanlangan ishchi parametrlardan (elaklarni tebranish chastotasi, elaklarni qiyaligi,
havo oqimining tezligi).
Yormachalarni havoli-g’alvirli mashinalarga yuborishdan oldin yormachalarni
katta aniqlikda tekislanganligini ta’minlash uchun elakdonlarda bo’lakchalar
razmeri bo’yicha saralanadi. Elaklarni tanlashda yormachalarning yiriklik sinfi
aniqlanadi, ya’ni ularni ajratib olishda qo’llanilgan elak nomerlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |