59
yuboriladi. Birinchi separatordan olingan chiqindilar, hamda jaydari un tortishda
birinchi urib tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilar (III - kategoriyali) N1
buratga yuboriladi. N2 buratda donni oxirgi tozalovchi mashinalardan olingan
chiqindilarga ishlov beriladi. N1 buratni 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o’tgan
elanma mayda mineral changlar va qumlar, qisman organik bo’lakchalar alohida
sig’imga yuboriladi. N2 buratning birinchi 1,6 nomerli metal simli g’alviridan
o’tgan elanma organik bo’lakchalardan tashkil topgan, ularni III kategoriyali
chiqindilarga yuboriladi.
Ikkala buratdagi N5 g’alvirdan o’tgan elanma ham ozuqa ishlab chiqarish uchun
qo’llaniladi,
chunki
tarkibida
maydalangan
donlar
va
ifloslantiruvchi
aralashmalarning urug’lari bo’ladi. N5 g’alvirning qoldig’i bilan olingan don
tarkibidan engil aralashmalar havo separatorida ajratib olingandan keyin umumiy
don oqimiga qaytarib yuboriladi.
Trierlarda dondan ajratib olingan kukol alohida bunkerga yuboriladi va keyin
yo’q qilinishi shart. Uzunligi bo’yicha farq qiladigan uzun chiqindilar (suli,
yovvoyi suli, arpa) II-III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi.
Hamma I-IV kategoriyali chiqindilar bolg’ali maydalagichda maydalanadi,
chunki ifloslantiruvchi chiqindilarning urug’lari, ayniqsa yovvoyi sulining urug’i
hayvonlarning hazm qilish organlaridan o’tgandan keyin ham unib chiqish
xususiyatini saqlab qoladi. Hamma chiqindilar avtomatik tarozida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: