6. Yormalarni boyitishni qisqartirilgan jarayoni bilan murakkab
takrorlanuvchi un tortish.
Yormalarni boyitishni qisqartirilgan jarayoni bilan murakkab-takrorlanuvchi
un tortish guruhiga buq’doy donidan birta navli unning chiqishi 85 % bo’lgan
ikkinchi navli un tortish kiradi.
Buq’doy donidan olingan ikkinchi navli unning sifati quyidagi talablarni
qondirishi kerak:
1. Kuldorligi 1,25 % dan ko’p emas;
2. Hul kleykovina miqdori 25 % dan kam emas;
3. Yirikligi - N27 elakdagi qoldiq 2 % dan ko’p emas, N 38 elakdan o’tgan elanma
60 % dan kam emas.
Buq’doy donidan ikkinchi navli un tortish texnologik sxemasida beshta
yormalash, beshta yanchish va uchta boyitish sistemalari mavjud.
I...IV
yormalash
sistemalarida
qamchinli
mashinalar
o’rnatilgan.
Sistemalarning texnik tavsifi shunday tanlanganki, mahsulotlarni jadal ravishda
maydalash ta’minlanadi.
Yormalash jarayonida yirik yormacha, o’rtacha yormacha, mayda yormacha,
dunstlar va un ajratib olinadi. Yormachalar faqat birinchi ikkita yormalash
sistemasida ajratib olinadi. Boyitish sistemalarida boyitilgan yormachalar yanchish
sistemalarida yanchiladi. Un maydalashning hamma sistemalaridan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |