4. Javdar donidan bir navli elanma un tortishning texnologik jarayonlari.
Javdar donidan chiqishi 63 % bo’lgan elanma uni tortiladi. Elanma uniga
yuqori talablar qo’yiladi, shuning uchun un tortishning rivojlangan sxemasi
qo’llaniladi. Yormalash sistemasida donni pachoqlash sistemasi qo’shimcha
o’rnatiladi. Yanchish jarayoni 6...7 sistemaga oshadi.
Yormalash sistemasida donni pachoqlash vaqtida 1 % gacha kuldorligi yuqori
(3,5...4,0 %) bo’lgan ozuqa uni ajratib olinadi, natijada elanma unining sifati
yaxshilanadi va chiqishi ko’payadi.
Un hamma sistemalardan ajratib olinadi. I...III yormalash sistemalaridan
boshlab yorma va dunstlar yanchish sistemalarida yanchish uchun ajratib olinadi.
Birinchi yormalash sistemasida mahsulot ajratib olish (N 08 elakdan o’tgan
elanma) 35...40 % ni, ikkinchi yormalash sistemasida 45...55 % ni tashkil qiladi.
Har qaysi yanchish sistemasida unning chiqishi 30...40 % ni tashkil qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |