Gidrotermik ishlov berish.
Donlarga gidrotermik ishlov berish jarayonining samaradorligi dondan
olinadigan yorma, yarimfabrikat va qolaversa, un miqdori va ularning sifati bilan
boliqdir. Bu jarayon don tozalash stexidagi uskunalar yordamida donning qobiini
tozalash (bunda kul moddasi kamayadi), endosperma sifatini oshirish natijasida
ko’p miqdorda yormalar olish va nihoyat oxirgi jarayon – un ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga olib keladi. Un tortish texnologiyasining asosiy
jarayonlaridan biri-donning kimyoviy, texnologik xususiyatlarini yaxshilash. Bu
jarayon esa donlarga gidrotermik ishlov berish asosida amalga oshiriladi.
Don yuvish uskunalari don qobiini loy, chang, qum va boshqa mineral
aralashmalardan tozalash bilan birga, 2-4 % gacha donni namlash imkoniga ham
ega. Shu bilan birga bu jarayonda kul moddasi 0,03-0,04% gacha kamayadi.
J 9-BMA-10 va boshqa don yuvish uskunalari don qobiiga yopishib olgan inson
organizmi uchun zararli mikroorganizmlardan tozalaydi. Donlarga gidrotermik
ishlov berish donlarning sinishiga yo’l qo’ymaydi. Donlarga gidrotermik ishlov
berishda namlikning o’sish sur’ati 3,5% dan oshmasligi kerak. Shundagina yuvish
uskunasi samaradorlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |