O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy jihoz va uskunalar.
- III. Dastlabki tushunchalar.
5-AMALIY MASHULOT Donning maydalanish unumdorligini aniqlash. ishlab chiqarish sharoitida valetsli stanokning texnologik tavsifini o’rganish. I. Ishdan maqsad. Valestli stanokda don maydalash unumdorligini aniqlash. II. Asosiy jihoz va uskunalar. 1. A1-BZN valestli stanogi (laboratoriya tegirmoni); 2. Metall simli elak; 97 3. Texnik tarozi; III. Dastlabki tushunchalar. Donlarni va oraliq mahsulotlarni maydalash jarayoni tayyor mahsulot miqdoriga va sifatiga, keyingi saralovchi uskunalarning ish unumdorligiga ta’sir qiladi. Donni maydalash bu ko’p energiya talab qiluvchi jarayondir. Maydalash deb ezuvchi va ezib ishqalovchi tashqi kuchlar ta’sirida qattiq jismning parchalanishiga aytiladi. Maydalash jarayoni donning fizik va texnologik xususiyatlarini o’zgartiradi. Bu jarayonning texnologik samaradorligi valestli stanokka boliq. qo’shimcha maydalash esa vыmol, entoleytor va detasher uskunalarida amalga oshiriladi. Maydalashning 2 turi mavjud: oddiy maydalash va murakkab, ya’ni saralab maydalashdir. Oddiy un tortishda oddiy maydalash usulidan foydalaniladi, bunda zarrachalarning o’lchami va tarkibi bir xil bo’ladi. Navli un tortishda murakkab maydalash usulidan foydalaniladi, bunda hosil bo’layotgan zarrachalarning o’lchami va tarkibi turlicha bo’ladi. Murakkab maydalash usuli maksimal darajada endospermani ko’p ajratib olishga qaratilgan bo’lib, oddiy maydalashga nisbatan ko’p energiya talab qiladi. Maydalash jarayonini texnologik jihatdan baholashda 2 ta ko’rsatkich e’tiborga olinadi: miqdor va sifat ko’rsatkichlari. Miqdor ko’rsatkichi maydalangan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi, ya’ni u “izvlecheniya” koeffistientiga boliq bo’ladi. Sifat ko’rsatkichiga quyidagilar kiradi: un mahsulotidagi kul moddasi, miqdori rangi, un tarkibidagi kletchatka miqdori va kepak tarkibidagi un miqdori. Don maydalash unumdorligi unga sarflangan ish va elektr energiya bilan o’lchanadi. Sarflanayotgan energiya miqdorini kamaytirish bilan unumdorlikka erishish mumkin. Buning uchun maydalash jarayonida: a) maydalovchi ishchi organning emirilishga chidamliligini orttirish; b) texnologik ravishda maydalash stikli sonini kamaytirishga erishish; v) materialni deformastiyalashga sarflanadigan quvvatni donlarga sifatli gidrotermik ishlov berish bilan kamaytirish. Bundan tashqari, donning maydalanish unumdorligiga uning struktura- mexanik xususiyati va anatomik tuzilishining ta’siri katta. Hozirgi vaqtda un zavodlarida don va oraliq mahsulotlar valestli stanoklarda maydalanadi. Ishlab chiqarish jarayonida maydalanish jarayoniga baho berishda dondan qancha mahsulot miqdori olish (izvlecheniya)ga e’tibor beriladi, u esa barcha texnologik jarayonlarda bir xil bo’lishi lozim. Sistemadan qancha mahsulot ajratib olish miqdori 100 g namunani ma’lum nomerli elakda 3 minut davomida elash orqali aniqlanadi. Elakdan o’tgan mahsulot miqdori (foizlarda) sistemadan ajratib olingan mahsulot miqdorini bildiradi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, bu usul ishonchli emas, chunki bu usulda elakdan o’tmay qolgan frakstiya tarkibida qancha maydalangan mahsulot borligini bilmaymiz. Bu esa elektr quvvati sarfini hisoblashga imkon bermaydi. Shu bois 98 valestli stanokdagi mahsulotning maydalanish unumdorligini aniqlash uchun mukammal usul tanlash lozim. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling