O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/270
Sana08.01.2022
Hajmi1.48 Mb.
#248450
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270
Bog'liq
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)

 
 
5-AMALIY MASHULOT 
Donning maydalanish unumdorligini aniqlash. ishlab chiqarish 
sharoitida valetsli stanokning  texnologik tavsifini o’rganish. 
 
I. Ishdan maqsad. Valestli stanokda don maydalash unumdorligini aniqlash. 
II. Asosiy jihoz va uskunalar.  
1. 
A1-BZN valestli stanogi (laboratoriya tegirmoni); 
2. 
Metall simli elak; 


 
97 
3. 
Texnik tarozi; 
III. Dastlabki tushunchalar. 
Donlarni  va  oraliq  mahsulotlarni  maydalash  jarayoni  tayyor  mahsulot 
miqdoriga  va  sifatiga,  keyingi  saralovchi  uskunalarning  ish  unumdorligiga  ta’sir 
qiladi. 
Donni maydalash bu ko’p energiya talab qiluvchi jarayondir. Maydalash deb 
ezuvchi va ezib ishqalovchi tashqi kuchlar ta’sirida qattiq jismning parchalanishiga 
aytiladi.  Maydalash  jarayoni  donning  fizik  va  texnologik  xususiyatlarini 
o’zgartiradi. 
Bu  jarayonning  texnologik  samaradorligi  valestli  stanokka  boliq. 
qo’shimcha  maydalash  esa  vыmol,  entoleytor  va  detasher  uskunalarida  amalga 
oshiriladi. 
Maydalashning 2 turi  mavjud: oddiy maydalash va murakkab, ya’ni saralab 
maydalashdir.  Oddiy  un  tortishda  oddiy  maydalash  usulidan  foydalaniladi,  bunda 
zarrachalarning  o’lchami  va  tarkibi  bir  xil  bo’ladi.  Navli  un  tortishda  murakkab 
maydalash  usulidan  foydalaniladi,  bunda  hosil  bo’layotgan  zarrachalarning 
o’lchami va tarkibi turlicha bo’ladi. 
Murakkab  maydalash  usuli  maksimal  darajada  endospermani  ko’p  ajratib 
olishga qaratilgan bo’lib, oddiy maydalashga nisbatan ko’p energiya talab qiladi. 
Maydalash  jarayonini  texnologik  jihatdan  baholashda  2  ta  ko’rsatkich 
e’tiborga  olinadi:  miqdor  va  sifat  ko’rsatkichlari.  Miqdor  ko’rsatkichi 
maydalangan  mahsulot  miqdori  bilan  o’lchanadi,  ya’ni  u  “izvlecheniya” 
koeffistientiga  boliq  bo’ladi.  Sifat  ko’rsatkichiga  quyidagilar  kiradi:  un 
mahsulotidagi  kul  moddasi,  miqdori  rangi,  un  tarkibidagi  kletchatka  miqdori  va 
kepak tarkibidagi un miqdori. 
Don  maydalash  unumdorligi  unga  sarflangan  ish  va  elektr  energiya  bilan 
o’lchanadi.  Sarflanayotgan  energiya  miqdorini  kamaytirish  bilan  unumdorlikka 
erishish mumkin. Buning uchun maydalash jarayonida: 
a) maydalovchi ishchi organning emirilishga chidamliligini orttirish; 
b) texnologik ravishda maydalash stikli sonini kamaytirishga erishish; 
v)  materialni  deformastiyalashga  sarflanadigan  quvvatni  donlarga  sifatli 
gidrotermik ishlov berish bilan kamaytirish. 
Bundan  tashqari,  donning  maydalanish  unumdorligiga  uning  struktura- 
mexanik xususiyati va anatomik tuzilishining ta’siri katta. 
Hozirgi vaqtda un zavodlarida don va oraliq mahsulotlar valestli stanoklarda 
maydalanadi. 
Ishlab  chiqarish  jarayonida  maydalanish  jarayoniga  baho  berishda  dondan 
qancha  mahsulot  miqdori  olish  (izvlecheniya)ga  e’tibor  beriladi,  u  esa  barcha 
texnologik jarayonlarda bir xil bo’lishi lozim. 
Sistemadan  qancha  mahsulot  ajratib  olish  miqdori  100  g  namunani  ma’lum 
nomerli elakda 3 minut davomida elash orqali aniqlanadi. Elakdan o’tgan mahsulot 
miqdori (foizlarda) sistemadan ajratib olingan mahsulot miqdorini bildiradi. 
Tahlillar  shuni  ko’rsatadiki,  bu  usul  ishonchli  emas,  chunki  bu  usulda 
elakdan o’tmay qolgan frakstiya tarkibida qancha maydalangan mahsulot borligini 
bilmaymiz.  Bu  esa  elektr  quvvati  sarfini  hisoblashga  imkon  bermaydi.  Shu  bois 


 
98 
valestli  stanokdagi  mahsulotning  maydalanish  unumdorligini  aniqlash  uchun 
mukammal usul tanlash lozim. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling