O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
UN VA YORMA ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA UMUMIY
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budoy uni haqida ma’lumot
UN VA YORMA ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA UMUMIY
MA’LUMOT 1. Budoy uni haqida ma’lumot. 2. U n ch i q i sh i. 3. Unning kimyoviy tarkibi. 4. Unning sifat ko’rsatkichlari va me’yorlari. 5. Yormalarning umumiy tavsifi. 6. Yorma ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan yorma assortimentlari. Budoy uni haqida ma’lumot Un - kukunsimon mahsulot bo’lib, boshoqli donlar, marjumak va ayrim dukkakli ekinlar uruini yanchish natijasida olinadi. Un - non, bulka, konditer, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining asosiy xomashyosi bo’lsa, bijitish, kimyo va to’kimachilik sanoatlarida esa ikkilamchi xomashyo sifatida qo’llaniladi. Amaliyotda “un” termini uning turi, tipi, navi singari tushunchalar bilan birga qo’llaniladi. Unning turi, un olinadigan donturkimiga boliq bo’ladi. Ayrim hollarda un turli ekinlar doniaralashmasidan olinishi ham mumkin. Bunday holda un aralashma tarkibiga mos ravishda nomlanadi. Mamlakatimizda va boshqa davlatlarda quyidagi un turlari ishlab chiqariladi: budoy, javdar, arpa, makkajo’xori, suli, marjumak, no’xat, soya, budoy-javdar va javdar-budoy unlari. Osiyo, Afrikaning ayrim mamlakatlari va AQShda oq jo’xori uni ham ishlab chiqariladi. O’zbekistonda va Evropadagi mamlakatlarda, shuningdek, AQSh, Kanada, Argentina singari yirik davlatlarda ishlab chiqariladigan unning asosiy turi budoy unidir. Budoy uni, avvalo yaxshi ko’pirgan ovak non olinadigan un sifatida non mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan yuqori oziqaboplik qiymatiga ega bo’lgan, mazali non va bulka mahsulotlarining bir necha xil turlari tayyorlanadi. Budoy uni qandolatchilik sanoatida ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Shuningdek, makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda ham asosiy xomashyo budoy unidir. Javdar uni Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya singari davlatlarda ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Keyingi o’rinlarni esa arpa, makkajo’xori unlari egallaydi. Shuningdek oz miqdorda suli, marjumak, soya va no’xat unlari ham ishlab chiqariladi. Un tortish usullari yanchish deyiladi. Yanchishning quyidagi usullari mavjud: birlamchi va takror (oddiy, murakkab) yanchish usuli unning turini belgilaydi. Masalan, birlamchi yanchilgan un va hokazo. Bir turdagi undan ko’pincha bir yanchish usulining o’zida bir necha xil navlardagi un olish mumkin. Bir ekin donining o’zidan olinadigan har bir un navi 102 uchun yanchish jarayonida uning tarkibigakiruvchi don anatomik qismlarining muayyan miqdordagi nisbatibelgilangan. Shu sababdan har bir un navi o’ziga xos kimyoviy tarkibga va fizikaviy xususiyatlarga ega. Har bir tur, usul va navning uni qo’llanilishiga ko’ra kichikturlarga ajratilishi mumkin. Masalan,budoy unining ayrim navlariga nonbop un ya’ni non, bulka mahsulotlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan, makaronbop un- makaron mahsulotlari ishlab chiqarishgamo’ljallangan singari kichik turlarga ajratilishi mumkin. Muayyan turga mansub un navining miqdori assortimentga mosravishda davlat tomonidan belgilangan standart yoki texnik sharoitlarga mos bo’lgan sifat ko’rsatkichlari asosida belgilanadi. Standartlash sifat ko’rsatkichlari va muayyan tur hamda navga mostalablarga javob beradigan un ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling