O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
Yormalarning kimyoviy tarkibi (mutlaq quruq moddaga nisbatan % da)
Yorma turlari Krax- mal Azotli modda- lar Moy Klet- chat- Ka Kul Qand 100g ning kaloriya- liligi 114 Suli yormasi Javdar yormasi Budoy yormasi Sholi yormasi Sayqallangan tariq Dursimon arpa yormasi №1-3 Arpa yormasi Makkajo’xori yormasi 72,0 82,0 84,2 88,0 83,3 85,0 82,0 85,0 16,0 10,0 12,7 6,0 11,5 9,0 11,0 10,0 6,0 3,0 0,9 0,5 2,5 1,2 1,5 2,0 2,84 2,00 0,24 0,30 0,65 1,25 2,00 1,20 2,25 2,10 0,54 0,60 1,30 1,15 1,50 0,70 0,25 0,30 0,96 0,50 0,15 0,50 0,40 1,50 351 325 333 326 330 325 322 - Budoy yormasi va guruch tarkibida eng ko’p miqdorda kraxmal va eng oz miqdorda kletchatka mavjudligi bilan alohida qiymatga ega. Yuqori hazm bo’lish ko’rsatkichiga ega bo’lganligi uchun bu yormalar shifobaxsh taomlar, bolalar ovqatlari va parxez taomlar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Javdar yormasi yuqori ozuqaboplik qiymati bilan alohida ajralib turadi. Javdar yormasi eng muhim o’rinalmashmaydigan aminokislotalarga ega, u ayniqsa lizinga boy, bundan tashqari javdar yormasi mineral kompleksga egaligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yorma tarkibidagi mienral moddalar orasida kalstiy va temir birikmalari borligi uning ozuqaviy qiymatini yanada oshiradi. Tariq yormasi yuqori kaloriyaliligi va oson hazm bo’lish xususiyati bilan alohida ahamiyat kasb etsa ham, uning oqsili to’la qiymatga ega emas. Chunki unda o’rinalmashmaydigan aminokislotalardan triptofan va lizin miqdori juda oz. Makkajo’xori va arpa yormasining ozuqaviy qiymati nisbatan past, chunki tarkibidagi oqsil komplekslarida almashmaydigan aminokislotalar miqdori past. Yormalarning kimyoviy tarkibi donni qayta ishlash jarayonida qo’llaniladigan usullar, shuningdek qayta ishlanadigan donning kimyoviy tarkibiga ham boliq holda o’zgarib turadi. Qayta ishlash uchun keltirilgan turli ekinlar donining tabiiy xususiyatlari ularning o’sish sharoitlari va qaysi navga mansubligini belgilaydi. Tariqning sariq va och-sariq rangli maizga ega bo’lgan navlari yuqori tovarlik xususiyatlariga ega. Tariqdagi oqsil miqdori ko’p jihatdan etishtirilgan tuproq-iqlim sharoitiga ham boliq bo’ladi. Masalan, Evropada o’stiriladigan tariqdagi oqsil miqdori arbdan sharqqa tomon o’sib boradi. Javdarning yirik va tekis maizli navlaridan bir tekisda pishadigan, tashqi ko’rinishi yaxshi, a’lo darajadagi ta’m xususiyatlariga ega bo’lgan yorma olish mumkin. Guruch uchun maiz shakli va maizning shishasimonligi katta ahamiyat kasb etadi. Uzunchoq shakldagi maizga va shaffof ko’rinishga ega bo’lgan guruch navlari eng yuqori qiymatga ega. Chunki ular qaynatishda o’z shaklini yaxshi saqlaydi va bo’tqaga sochiluvchan xususiyat beradi. Sulining juda yupqa gul qobiqlariga ega bo’lgan navlari qalin qobiqli suli navlariga nisbatan xushta’m yormaga ega bo’ladi. Makkajo’xorining tishsimon va yarim tishsimon navlari. Kimyoviytarkibi va tovarlik xususitlariga ko’ra keskin farqqiladi, shuningdek oq pushti va yoriluvchan makkajo’xoridan olinadigan yormalar ham keskin farqlarga ega. Oq va yoriluvchan makkajo’xoridan olinadigan yormalar oqsil miqdorining yuqoriligi va moy, kul, kletchatka miqdorining pastligi bilan ajralib turadi, ularning 115 tashqiko’rinishi yaxshi, iste’mol qiymati (tez va yaxshi pishadi) yuqori. Yorma ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan donni qaytaishlashning texnologik usullari yormaning kimyoviy tarkibiga kattata’sir ko’rsatadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling