O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
Yorma
ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan yorma 112 assortimentlari.Yorma olish uchun turli xildagi ekinlar doni ishlatiladi, bu esa o’z navbatida yorma turlarining ko’payishiga olib keladi. Bundan tashqari bir xil donning o’zidan olingan yormalar qayta ishlash usuliga qarab bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Shuning uchun yormalar shakli, o’lchami, qayta ishlangan don qismlarining kimyoviy tarkibiga qarab farqlanadi va natijada uning iste’mol xususiyatlari ham aniqlanib, turlarga ajratiladi. Ayrim yormalar yorma qismlari bir tekisligi va hajmiga qarab nomerga, shuningdek qayta ishlanadigan donning namunaviy tartibiga boliq holda tiplarga va markalarga ajratiladi. Har xil turga mansub yormalar navlarga ajratiladi. Navlarga ajratish tayyor mahsulot tahliliga asoslanib amalga oshiriladi. Yorma navlari tarkibidagi begona aralashmalar, tuyilmagan, siniq, aynigan donlar va yaxshi sifatli yadro miqdori singari ko’rsatkichlariga qarab bir- biridan farq qiladi. Mamlakatimizdagi yorma tayyorlash korxonalarida tayyorlanadigan yorma turlari va navlarini tayyorlash texnologik jarayoni va bu jarayonlarni to’ri tashkil etish qoidalari to’grisida ma’lumot beramiz. Yormaning navlari va turlari quyidagilar: -tariqdan -(oqlangan tariq (psheno) oliy, birinchi, ikkinchi navli), sulidan - yanchilmagan yorma, bulangan - oliy va birinchi navli, yaproqchali (xlopya) bodroq, suli uni, pachoqlangan yorma (oliy va birinchi navli); -arpadan-beshnomerli perlovka yormasi, uch nomerli arpa yormasi;. -sholidan- oqlangan va sayqallangan gurunch (oliy, birinchi, ikkinchi navlar),singan guruch; -no’xatdan - tuyilgan sayqallangan no’xat (butun va yanchilgan), no’xat uni; -makkajo’xoridan - sayqallangan besh nomerli yorma, manna yormasi va yanchilgan uch nomerli yorma; -qattiq budoydan - Poltava № 1, 2, 3 va 4 yormasi, Artek yormasi. Budoyni tegirmonda yanchib manna yormasi olinadi. Tegirmongatortish uchun keltirilgan budoy turiga qarab quyidagi yorma markalariga bo’linadi: yumshoq budoydan-M markasi, yumshoq budoy va qattiq budoyning 20%gacha aralashmasidan (Durum)-MTmarkali, qattiq budoydan (Durum)-T markali. Yormani o’z assortimentiga mos ravishda qayta ishlash uchun, faqat muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan dondan foydalanishkerak. Yorma ishlab chiqarish korxonalariga qabul qilinadigan donning sifat ko’rsatkichlari davlat standartlari me’yorlariga mosbo’lishi kerak. 1-jadvalda yorma olishga mo’ljallangan donning sifat ko’rsatkichlari me’yori to’risida ma’lumotlar berilgan. Qayta ishlash jarayonida tariqdan olinadigan yormaning chiqishi - 65 %, marjumak-66 %, sulidan - 44-45 %, sholidan - 65 % gacha etadi. Arpa qayta ishlanganda besh nomerli yorma chiqishi 40 %, uch nomerli arpa yormasi chiqishi - 62 %, tuyilgan no’xat chiqishi -73 %, makkajo’xori yormasi chiqishi - 40 %, budoy yormasi chiqishi - 63 % gacha bo’ladi. 1-jadval. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling