O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Yormaning rangi
Yormalarning sifat ko’rsatkichlari va ularni aniqlashusullari. Yorma sifatini
aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi: organoleptik (rang, ta’m, hid, ichirlik), namlik, aralashmalar miqdori (ifloslantiruvchi aralashmalar, aynib qolgan maizlar miqdori, tuyilmagan donlar, siniq maizlar va yorma uni), yaxshi sifatli maiz miqdori zararkunandalar bilan zararlanganligi, metal aralashmalar miqdori. Ayrim yormalar uchun kuldorlikni, yirikligini (yorma nomeri tavsifi uchun) shuningdek tuyilmagan (nedodir) donni aniqlash alohida ham belgilab quyilgan. Har bir partiyaning sifati shu partiyadan olingan o’rtacha namunaning labaratoriya tahlili natijalariga asoslanib belgilanadi. Namunalardan o’lchanma olish standart (GOST 275-56)da ko’rsatilgan qoidalar bo’yicha o’tkaziladi. Bunda dastlabki va o’rtacha namunatahlil qilinayotgan yorma partiyasining sifat ko’rsatkichlarinianiqlash imkonini beradi. Yormaning organoleptik sifat ko’rsatkichlari. Organoleptik ko’rsatkich hisoblangan mahsulotning yangi olinganligi yormalar uchun donga nisbatan qat’iy talablarni qo’yadi. Shu ko’rsatkich bo’yicha biror kamchiligi bo’lmagan yormagina yaxshi sifatli hisoblanadi. Rang. Yormaning rangi olingan donning sifati va turkumiga, qayta ishlash usuliga boliq bo’ladi. Yormani saqlash sharoiti ham uning rangiga ta’sir ko’rsatadi. Yormaning qoramtir rangi don sifatining yomonligi yoki saqlash sharoitining noqulayligidan dalolat beradi (qorayish faol mikrobiologik jarayonlar natijasida yuz beradi). Yorma rangi asosan kunduzi quyosh nuri ostida (sun’iy yoritish moslamalari yordamida ham ruxsat etiladi) yormani qora doska yoki qooz ustiga yupqa tekis yoyib aniqlanadi. Hid. Yorma hidini kuchaytirish uchun uni chinni idishga solib idishni shisha bilan berkitib, oldindan qizdirib qaynatilgan suvli bulatgichga joylashtiriladi, 5 minut davomida yorma qizdirilib, keyin uning hidi aniqlanadi. Ta’m. Yanchilgan yormadan 1-2 o’lchanmasi (har biri 1 grammdan)ni chaynash yo’li bilan uning ta’mi aniqlanadi. Bunda bir yo’la yormada ichirlash bor yo’qligi ham aniqlanadi. Yormaning hidi va ta’mi o’z me’yorida bo’lishi kerak. Har xil begona hidlar: dimiqish, moor va hokazolar bo’lishi yorma sifatining yomonligidan dalolat beradi. Yormalar tarkibida yolarlarning mavjudligi ularni saqlash jarayonida achishi mumkin, natijada yormada taxir-achchiq ta’m paydo bo’ladi. alla zahiralari zararkunandalaridan zararlanganlik. Yormada ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik belgilari bo’lishi umuman man etiladi. Chunki yorma pazandalik ishlovi berishga shaylab qo’yilgan tayyor mahsulotdir. Shuningdek yormaning zararlanganligi bo’yicha yorma va uni sotuvchi muassasada doimiy nazorat o’tkazib turiladi. Zararlanganlikni aniqlash uchun yormaning o’rtacha namunasidan 1 kg ajratilib, har bir yorma turi uchun standartda 116 belgilangan elaklarga solinadi va elanadi. Elakdagi va elakdan o’tgan yormalar diqqat bilan ko’zdan kechirilib, tirik zararkunandalar soni va turi sanab aniqlanadi. Tegirmon qizil kapalagi, ombor kuyasi, mavriton qurti, katta un mitasi, muobir qo’iz, va bruxusdan zararlanishni aniqlashda yorma elakdan o’tkazilmaydi balki silliq qooz bilan yopilgan stol ustiga namunani yoyib zararlanganlik aniqlanadi. Namunani tekshirish davomida zararkunandalar (qo’niz, umbak, qurt) borligi aniqlansa, ularning turlari va soni hisobga olinadi. 1 kg yormadagi zararkunandalar soni aniqlanadi. Zararlanish alomatlari mavjud bo’lgan yorma nostandart hisoblanadi va kerakli usulda ishlov berilmasdan sotuvga chiqarishga ruxsat etilmaydi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling