Arpa yormasi sifat ko’rsatkichlari me’yori
Ko’rsatkich nomi
Me’yorlar
Dursimon
Arpa
A’lo sifatli yadro, % dan oz emas
Shundan:
Tuyilmagan don, % dan ortiq emas (№1, №2-
dursimon yorma va
№1 arpa yormasi uchun)
Begona aralashmalar, % dan ortiq emas
Shundan:
Mineral aralashmalar, ortiq emas
Zararli aralashmalar, ortiq emas
Shundan:
Talxak, bujun, ortiq emas
Oqshoq, % dan ortiq emas
99,6
0,7
0,3
0,05
0,05
0,02
0,2
99,0
0,9
0,3
0,05
0,05
0,02
0,4
Arpa yormasining iste’mol qiymati uning tarkibidagi uglevod kompleksi
xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Arpa yormasining kraxmal donachalari nisbatan
sekin bo’rtadi va kleystrlanadi, shu sababli dursimon yorma uzoq qaynagach sekin-
asta pishadi. U o’z shaklini yaxshi saqlaydi va bolovchi massa hosil qilmaydi.
Shuning uchun dursimon yorma bo’tqa tayyorlashda ko’p qo’llanilmaydi,
ko’pincha sho’rva va yoki boshqa suyuq ovqatlarga solinadi.
Arpa yormasi dursimon yormaga nisbatan pishish vaqti qisqa bo’lganligi
sababli, arpa yormasidan bo’tqa tayyorlashda ko’proq foydalaniladi.
Budoy yormasi. Budoy yormasi (Poltava, Artek) qattiq budoy (Durum) ni
qayta ishlab olinadi, ishlov berish usuli va yadro qismlari o’lchamiga boliq holda
budoy yormasi turlarga va nomerlarga ajratiladi.
Poltava yormasining 4 ta nomeri mavjud, №1, budoy yormasi- mo’rtagidan,
qisman uru va meva qobiqlaridan ajratilgan, oqlangan, uzunchoq va chekkalari
yumaloq shakldagi yormachalardan iborat №2 yormasi - yanchilgan budoy
donining qismchalaridan iborat bo’lib, № 1 yormaga o’xshash ishlov berilgan,
ovalsimon, chekkalari yumaloq shaklda; №3, №4 yormalar- yanchilgan budoy
donining turli xil o’lchamdagi qismchalaridan iborat, (№1 va №2 yormalardek
ishlov berilgan) yumaloq shaklda.
Artek yormasi- mayin yanchilgan budoy doni qismchalaridan iborat,
126
mo’rtakdan butunlay ajratilgan, meva va uru qobiqlaridan qisman ajratilgan.
Yorma qismchalari oqlangan.
Budoy yormasi yirikligi bo’yicha 12-jadvalda ko’rsatilgan me’yorlarga mos
kelishi kerak.
12jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |