O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Marjumak yormasi sifat me’yorlari
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
Marjumak yormasi sifat me’yorlari
Ko’rsatkich nomi Yadrista va qaynab tez pishadigan yadrista yormasi Prodel va tez qaynab pishuvchi prodel birinchi nav ikkinchi nav A’lo sifatli yadro, % dan kam emas Shundan: Siniq yadrolar, % danortiq emas. Oqartirilmagan don, %dan ortiq emas Begona aralashma, % danortiq emas Shundan: Mineral aralashmalar, % dan ortiq emas Organiq aralashmalar, % dan ortiq emas Oqshoq, % dan ortiq emas Buzilib aynigan yadro, % dan ortiq emas 99,5 3 0,3 0,4 0,05 - - 0,2 98,3 4 0,5 0,5 0,05 - - 0,4 98,3 - 0,1 0,7 0,05 0,2 0,5 0,5 Marjumak yormasi yuqori iste’mol qiymatiga egaligi bilan alohida ajralib turadi: tez qaynab pishuvchi (tez qaynab pishuvchi yormaning qaynatilish vaqti suv qaynagandan keyin 15-25 minutni tashkil etadi) va bo’tqasi ajoyib ta’mga ega. Marjumak yormasi bo’tqadan tashqari sho’rvali suyuq ovqatlar va bolalar ovqati tayyorlashda ishlatiladi. Guruch. Guruch sholini qayta ishlashdan olinadigan mahsulot. Sholiga ishlov berish usuliga qarab gurunch quyidagi turlarga bo’linadi: oqlangan, sayqallangan va singan. Dastlabki ikki turdagi guruch sifat ko’rsatkichlariga qarab oliy, birinchi va ikkinchi navlarga ajratiladi. Singan gurunch esa navlarga ajratilmaydi. Oqlangan gurunch sholi donini oqlash mashinasida gul qobii, uru va meva qobiidan va qisman mo’rtakdan ajratib, ishlov berish natijasida olinadi. Olingan yorma adur-budir tashqi yuzaga ega. Sayqallangan guruch oqlangan guruchni sayqallash mashinasida qayta ishlash natijasida olinadi. Yormaning bu turi sholining shaffof navlaridan olinadi. Qayta ishlangandan keyin yorma yaltiroq va silliq tashqi yuzaga ega bo’lishi kerak. Singan guruch oqlash va sayqallash mashinasida ishlov berilgan guruchdan ajratib olingan siniq yadrolardan iborat bo’ladi. Siniq yadro me’yoriy yadroning 2/3 qismidan kichik bo’lmagan kattalikda bo’lib, 1,5 mm diametrli elak 121 teshiklaridan o’tmaydi. Guruchning sifati GOST6292–58da me’yorlangan. Barcha tur va navdagi guruch muayyan me’yordagi hid vata’mga ega bo’lib, barcha donlarning rangi yagona tusda. Guruchning namligi 15,5% dan ortmaydi, joriy iste’molga mo’ljallangan yormaning namligi 17% dan oshmasligi, uzoq saqlash uchun ko’zlangan gurunchning namligi esa 14% dan oshmasligi kerak. Gurunchning navlarini belgilovchi sifat ko’rsatkichlarime’yori haqidagi ma’lumotlarni 7-jadvaldan bilib olishingizmumkin. Gurunch yaxshi hazm bo’ladi va yuqori ozuqaboplik qiymatiga ega. U tez pishadi va nisbatan katta hajmni egallaydi. Bo’tqa, sho’rva, palovning turli xillari, shavla singari gurunchdan tayyorlangan ko’pgina ovqatlar ajoyib ta’mga ega. Gurunch bundan tashqari parxez ovqatlar va bolalar ovqatlari tayyorlashda, shuningdek ozuqabop konstentratlar ishlab chiqarish sanoatida keng qo’llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling