1. Don massasini ajratishni (separastiyalashni) nazariy asoslari.
Un va yorma ishlab chiqarish murakkab texnologik sxemalar asosida bir
nechta maxsus jarayonlarda bajariladi. Bu jarayonlarni ikkita guruhga bo’lish
mumkin: donni tayyorlash jarayoni va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari.
Asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat:
Tegirmonlarda:
Tegirmonni birinchi (tayyorlov) bo’limida don massasi begona
aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga quruq va suv bilan ishlov beriladi.
Har xil sifatli donlardan un tortishga mos aralashma tayyorlanadi.
Ikkinchi (un tortish) bo’limida donni yanchish jarayonida donlar birinchi yirik
yanchilib yorma, dunst va kepak ajratib olinadi. Hosil bo’lgan yorma va dunst
sifati bo’yicha saralanadi, qayroqlanadi va mayin yanchilib un holiga keltiriladi.
Yorma zavodlarida:
Birinchi (tayyorlov) bo’limida don massasi begona aralashmalardan
tozalanadi. Donning yuzasiga suv bilan ishlov beriladi.
Gul qobiqli donlarning gul qobiqlari ajratiladi.
Ikkinchi (qobiq ajratish) bo’limida don massasi yirikligi bo’yicha
frakstiyalarga ajratiladi, don qobiqlaridan ajratiladi va saralanadi, maydalanadi,
qayroqlanadi va silliqlanadi, yorma va hosil bo’lgan chiqindilar nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |