24
8.1. Donni mikrotuzilishini o’zgarishi.
Donni anatomik qismlarini mikrostrukturasi gidrotermik ishlov berish
natijasida orqaga qaytmaydigan darajada o’zgartiradi. Bu jarayon temperaturani
oshishi bilan ancha kuchayadi. Bundan tashqari buq’ yoki yuqori chastotali toklar
bilan ishlov berganda, infraqizil nurlarni qo’llaganda ham kuchayadi.
Donga buq’ bilan tasir qilganda faqat oqsil matristalari o’zgaradi, chunki bu
oqsilni denaturastiyalanishi bilan boq’liqdir. Infraqizil nurlar bilan tasir qilganda
kraxmal granullari va oqsil qatlamlari o’zgaradi. Donga buq’lash va infraqizil
nurlar bilan birga tasir qilganda mikrostukturasi tez o’zgaradi. Bunda kraxmal
granullarini elimlanishi (kleysterizastiya) kuzatiladi. Donda dekstrinlarni miqdori
oshadi, dondan olingan mahsulotlarni hazm bo’lishi oshadi.
Yorma ishlab chiqarishda gidrotermik ishlov berishni qattiq rejimlari
qo’llanadi. Bu don maq’zini mustahkamligini oshiradi, monolit struktura hosil
qiladi. Bu o’zgarishlarni xarakteristikasi nafaqat gidrotermik ishlov berish usullari
va rejimlariga, balki don endospermasini tabiiy xossalariga (ximiyaviy tarkibi va
mikrostrukturasi) ham boq’liqdir. Buq’ bosimini va buq’lash vaqtini oshirish
natijasida bu o’zgarishlar kuchayadi. Bu boshlanq’ich maq’zini mustahkamligi
kam bo’lgan yorma donlari (grechixa, tarik, sholi) uchun juda kerakdir.
Yorma ishlab chiqarishda donni buq’lagandan keyin quritish gidrotermik
ishlov berishni yana bir etapi hisoblanadi. Donni quritishda yuqori qatlamlarni
(gul, meva va uruq’ qobiq’i) namligi kamaytiriladi.
Yorma donlarining gul, meva va uruq’ qobiqlarini murtligini oshirish uchun
intensiv quritish usullarini qo’llash kerak. Natijada gul qobiqlar tez quriydi,
yoriladi va qobiq ajratish jarayonida dondan engil ajraladi. Don davomli ko’p
quritilganda endospermni strukturasi ham o’zgaradi, mikroyoriqlar hosil bo’ladi.
Bunday dondan yorma ishlab chiqarilganda singan maq’zlarni miqdorini chiqishi
ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: