O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Gidrotermik ishlov berishda donga suvni singish kinetikasi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
7. Gidrotermik ishlov berishda donga suvni singish kinetikasi. Donni suvda buktirishni alohida holati mavjuddir. Don suvda buktirilganda bir necha sekund davomida 3-5 % namlikni o’ziga oladi, keyingi bir necha vaqt davomida donning namligi o’zgarmaydi. Bu boshlanq’ich namlikni meva qobiq’i o’ziga oladi. Meva qobiq’idagi kapilyarlar, q’ovvaklar va bo’shliqlar birinchi namlikni saqlovchi siq’im (rezervuar) vazifasini o’taydi. Meva qobiq’i olgan namlik mustahkam boq’lanmagan bo’lib, tez atmosferaga buq’lanib ketishi mumkin. Suvni mustahkam saqlash va uni yo’qolishini oldini olish uruq’ qobiq’i, aleyron qatlam va murtakni yuqori gidrofilligi orqali taminlanadi. Chunki suv bu qatlamlarda tez kuchadi va oqsil va kraxmal bilan qattiq boq’lanadi. Suvning keyingi harakati endospermni ichiga yo’naltirilgan bo’ladi. Suvning keyingi siljishi sekin boradi, chunki suvning diffuziya koeffistienti donda kichkina 23 bo’ladi yani 10 -11...10 -12 m 2 /s. Natijada nam bilan to’yingan uruq’ qobiq’i va aleyron qatlam yonida namligi past bo’lgan subaleyron qatlam va endospermning kletkalari turadi. Donni ichki qismida namlikni harakati tufayli kritik kuchlanish hosil bo’ladi. Buning natijasida donni endospermida (maq’zida) ko’ndalang va uzunasiga mikroyoriqlar hosil bo’ladi. Mikroyoriqlarni hosil bo’lish tezligi jarayonning sharoitlari va donni xossalari bilan aniqlanadi. Namlikni donni ichkarisiga ko’chishi bilan bir vaqtning o’zida donni strukturasi va xossalari to’liq yoki qisman o’zgaradi. Bu jarayonlarni rivojlanishi, tezligi va yo’nalishi gidotermik ishlov berishni rejimlariga va parametrlarini miqdoriga boq’liq bo’ladi. Donni namlashda namlikni ko’chish jarayoni va bunda fizik, kolloid va bioximiyaviy jarayonlarni borishi shunday rivojlanadiki, ularni uchta davrini belgilash mumkin (6-jadval). 6-jadval Buq’doy donini suv bilan o’zaro tasir qilishining umumiy sxemasi Davri Davom etish vaqti,soat Donda namlikni ko’chish jarayoni Boshlanq’ich tayyorlov 0,25…1 Meva qobiq’i namlikni o’ziga oladi. Uruq’ qobiq’i, aleyron qatlam va murtak qismlarida namlikning singishi. Asosiy (endosperma yoriqlar aktiv hosil bo’lish davri 5…16 Yuqori qatlamlardan namlikni endosperm ichiga o’tishi Oxirgi 48…72 Donni hamma qismlarida namlikni bir xil nisbatda bo’lishi. Boshlanq’ich davrda qabul qilingan namlik donning yuqori qatlamlarida (meva va uruq’ qobiq’ida, aleyron qatlam va murtakda) to’planishi bilan tavsiflanadi. Bu qatlamlarni bukishi natijasida donning solishtirma hajmi tez oshadi. Donni texnologik xossalarini o’zgarishi kamroq, chunki donni yuqori qatlamlarida strukturali o’zgarish bo’ldi. Bu davrda donni ichki qismiga namlikni intensiv kuchishiga tayyorlash bilan tugaydi. Ikkinchi asosiy davrda hosil bo’lgan kuchlanish kritik miqdordan ham o’tib ketadi, natijada endospermda mikroyoriqlar hosil bo’ladi. Bu mikroyoriqlardan namlik endospermni ichiga ko’chadi. Endospermda ko’p miqdorda suvni bo’lishi fiziko-ximiyaviy jarayonlarni intensiv borishiga olib keladi. Uchinchi oxirgi davrda donni anatomik qismlarida namlik bir xil nisbatda tarqaladi. Donni namiqtirish jarayonida 8 soatdan so’ng endospermda eng ko’p yoriqlar hosil bo’ladi. 12-16 soat davomida ko’ndalang va uzunasiga yoriqlar hosil bo’ladi. 16 soatdan keyin qisman mayda yoriqlar yo’qoladi, 48 soatdan keyin faqat namiqtirish jarayonini boshlanishida hosil bo’lgan katta yoriqlar qoladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling