O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Tegirmonda donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining ahamiyati
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
3. Tegirmonda donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining ahamiyati.
Tegirmonning tayyorlov bo’limida har xil chiqindilardan ajratib tozalangan don yana qo’shimcha ishlov berishni talab qiladi. Donni transportirovka qilishda va saqlashda donning yuzasida yiq’ilib qolgan chang va qotib qolgan loylar quruq ishlov berish jarayonida ajratiladi. Bundan tashqari donlar travma olishi natijasida qobiqlari zararlanadi va qisman qo’poriladi. Bu donlar noqulay sharoitda saqlangan bo’lsa, donning yuzasida mogorli griblar rivojlanadi. Bunday ifloslikni yo’qotish uchun donni yuzasiga quruq yoki ho’l usulda ishlov beriladi. Quruq usulda ishlov berish kamchinli va shutkali mashinalarda yoki A1-ZShN rusumli qobiq ajatuvchi mashinasida bajariladi. Namlab ishlov berish usulida donni yuzasiga ishlov berish uchun yuvadigan mashinalar yoki namlab qayroqlaydigan (A1-BMSh rusumli) mashinalar qo’llanadi. Tegirmonda donni oddiy un tortishga tayyorlash sxemasida va javdar donidan navli un tortishda qobiq ajratuvchi qamchinli mashinalar donga gidotermik ishlov berishdan oldin o’rnatiladi. Buq’doy donidan navli un tortishda qamchinli mashinalar gidrotermik ishlov berishdan oldin va keyin ham o’rnatiladi. Donning yuzasiga quruq ishlov berganda qamchinli mashinalarda don massasi tarkibida qotgan tuproq bo’lakchalari bo’lsa ular maydalanadi, donning yuzasi changlardan tozalanadi, qisman donning qobiqlari va murtagi ajratib olinadi. Donning yuzasiga ho’l usulda ishlov berishda yuvuvchi mashinalar qo’llanilsa don intensiv yuviladi - donning nafaqat yuzasidan balki uning jo’yakchasidan ham chang va mikroorganizmlar olib tashlanadi. Yuvuvchi mashinalarda donning yuzasini tozalash bilan birgalikda yana don massasidan gidrodinamik engil (boshoq qismlari, poyasi, barglar, puch donlar va boshqalar) va oq’ir chiqindilar (nomagnit metal bo’lakchalari, shisha va boshqalar) olib tashlanadi. Yuvuvchi mashinalarda donni yuvish uchun faqat odam ichadigan suv ishlatiladi. Bir tonna donni yuvish uchun 2 metr kub suv sarf qilinadi. Donni yuvilgan suvida ko’p miqdorda iflosliklar va mikroorganizmlar bo’ladi. Bu suv kanalizastiyaga yuborilishidan oldin tozalanishi kerak. Namlab qayroqlovchi mashinalarda don namlanadi va qayroqlanadi. Bu mashinalarda yuvuvchi mashinalarga nisbatan 5-10 barobar suv miqdori kam talab qilinadi. Donlarning yuzasiga quruq ishlov berishda donning strukturali-mexanik, fizik-kimyoviy va texnologik xossalari o’zgaradi. Yuqoridagi meva qobiqlarni qisman olib tashlash natijasida donning mustahkamligi kamayadi, bu donni maydalashga ketadigan elektr energiyasi sarfini kamaytiradi. Qobiqdan ajratilgan donga suv tezda singadi va endospermda gidrotermik ishlov berish jarayoni jadal boradi. Ishlab chiqarish sharoitida donning yuzasiga ishlov berish samaradorligi donning kuldorligini kamayishi bilan baholanadi. Bunda qo’shimcha singan donlarning miqdorini oshishi ham hisobga olinadi. Ho’l usulda donlarga ishlov berilganda donning namligini oshishi ham aniqlanadi. 18 Donlarni yuzasiga ishlov berganda donning kuldorligi quyidagicha kamayishi shart: 1. Kamchinli mashinalarda - 0,03 - 0,05 %; 2. Yuvuvchi mashinalarda yoki namlab qayroklovchi mashinalarda - 0,03 - 0,05 %; 3. A1-ZShN rksumli mashinalarda - 0,08 - 0,12 %; Singan donlarning miqdori ko’payishi 2 % dan oshmasligi kerak. Donlarni yuvganda yoki namlab qayroqlaganda donni mikroorganizmlar soni 4-5 barobar kamayadi, don A1-ZShN-3 rusumli mashinalarda qayroqlanganda mikroorganizmlar soni yanada ko’proq kamayadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling