8. Yormalash va saralash jarayonlari.
Don va mahsulotlarni maydalash to’rtta yormalash sistemasida bajariladi.
Uchinchi va to’rtinchi yormalash sistemalari (III yo.s. va IV yo.s.) yirik va mayda
mahsulotlarni maydalash uchun ikkiga bo’linadi. Hammasi bo’lib oltita maydalash
sistemasi qo’llaniladi.
Ikkinchi yormalash sistemasidan keyin mahsulotlarni yirik va mayda
frakstiyalarga bo’lishdan maqsad - yirik frakstiyada endosperm miqdori kam
bo’ladi. Shuning uchun III yirik yormalash sistemasining qoldiq mahsuloti
sidiruvchi mashinaga yuboriladi.
Birinchi uchta yormalash sistemalaridan endosperm massasining asosiy qismi
kam kuldorli mahsulot sifatida ajratib olinadi. Bu mahsulotlarni ajratib olish
miqdori 78...80 % dan kam bo’lmasligi kerak. Shundan yirik yormachaning
miqdori 18...20 %, o’rtacha yormachaning miqdori 22...24 %, mayda
yormachaning miqdori 13...15 %, dunstlar miqdori 12...14% va unning miqdori
13...15% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, tayyorlov bo’limidan kelgan don
massasidan ajratib olingan yormacha va dunstlarning miqdori 65 % ni tashkil
qilishi kerak.
Bu mahsulotlar asosiy qimmatga egadirlar. Dunstlar va qisman mayda
yormachalar yanchish jarayoniga yuboriladi, yirik va o’rtacha yormachalar alohida
yiriklik frakstiyasi bo’yicha havoli-q’alvirli mashinalarda boyitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |