64
ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. Bazaviy sifatli dondan unlarning chiqishi
quyidagicha:
1. Unning chiqishi 75 % yoki 78 % ikkita navli un tortish;
2. Unning chiqishi 75 % yoki 78 % uchta navli un tortish;
3. Unning chiqishi 72 % yoki 75 % ikkita navli makaron uni tortish;
Buq’doy donidan asosan yuqori navli unlar ishlab chiqariladi.
Yuqori navli unlarning sifat ko’rsatkichlariga qo’yilgan talablar ham yuqori
bo’ladi. Shuning uchun yuqori navli un tortishda texnologik jarayonlarni tashkil
qilish ham murakkab bo’ladi. Bunda oliy navli unlarning chiqishini ko’paytirish
uchun oraliq mahsulotlarni (yormachalarni) havoli-q’alvirli mashinalarda ishlov
berish katta ahamiyatga egadir.
Yormalash jarayoni shunday olib boriladiki, bunda donning endospermasini
yorma va dunst ko’rinishida to’liq ajratib olish imkoniyatini ta’minlash zarur. Shu
bilan birga yormalash sistemasida qisman un ham hosil bo’ladi.
Boyitish sistemalarida yirik, o’rtacha va mayda yormalar havoli-q’alvirli
mashinalarda boyitiladi, bunda kuldorligi yuqori bo’lgan qoldiq mahsulotlarning
bir qismi yormalash jarayoniga qaytariladi, boyitilgan yormachalar yanchib un
olish uchun yanchish sistemalariga yuboriladi. Boyitish sistemalarida tayyor
mahsulot sifatida 2 % gacha manna yormasi ham ajratib olish mumkin.
Yanchish sistemalarida boyitilgan yormacha va dunstlar jadal ravishda
yanchilib un olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: