O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»


Download 4.88 Mb.
bet25/27
Sana17.09.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1679981
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Экология тажриба 2022

1.1. Ishni bajarish tartibi
Kerakli reaktiv va asboblar:
1. Aktivlangan ko‘mir 50 g.
2. Distillangan suv 100 ml.
3. Stalagmometr.
4. Tarozi.
5. Kolba 100 mlli — 4 dona.
6. Filtr qog‘ozi — 4 dona.
Oqova suv bor kolbaga 0,5-1,5g adsorbent-aktivlangan ko‘mir solinadi; yaxshi silkitib chayqatib aralashtiriladi va 20-30 minut tinch qoldiriladi; shunda eritmada muvozanat hosil bo‘ladi. Keyin ichiga aktivlangan kobmir solingan oqova suv filtrlab olinadi. ni topish uchun stalagmometrning pastki uchi suyuqlikka botirilib unga chiziq-belgidan balandroqgacha suyuqlik so‘rib chiqariladi; stalagmometr qat’iy ravishda vertikal o ‘rnatilib har ikki belgi-chiziq oralig‘i hajmidagi suyuqlik tomchi-tomchi qilib tushiriladi; bunda qancha tomchi tushgani sanab boriladi. dastavval distillangan suv uchun topiladi, so‘ngra muallim ko‘rsatgan oqova suv uchun topiladi va muvozanat holatga kelgan eritmaning qiymati yuqorida tavsif etilgan usulda topiladi. Tekshirilayotgan eritmaning sirt tarangligi quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:

bunda,
-distillangan suvning sirt tarangligi (72,75n/m);
n0 -distillangan suv tomchilari soni;
n - tekshirilayotgan suyuqlik tomchilari soni.

Sirt tarangligining qiymatlariga qarab dastlabki va muvozanat holatdagi konsentratsiyalar topiladi, bunda tegishli chizma (kalibrovkalangan egri chiziq) dan foydalaniladi. Topilgan ma’lumotlardan foydalanib adsorbsiya A ning qiymati hisoblab chiqariladi (mol/g).



bunda,
S1 — dastlabki eritmaning konsentratsiyasi, mol/1;
C2 — muvozanat holatdagi eritmaning konsentratsiyasi, mol/1;
m eritmaning hajmi, 1;
v — adsorbentning massasi, g.

Ish bajarishdan maqsad: organik moddalarning adsorbent sirtida adsorblanish jarayonini o’rganish.


Oqova suvni erigan organik bekorchi qo’shimchalardan tozalashda regenerativ va destruktiv usullar qo’llaniladi. Regenerativ usullar oqova suvni zararsizlantiribgina qolmay, balki undan foydali moddalarni ajratib olish va ishlab chiqarishda qaytadan ulardan foydalanishga imkon beradi. Agar qo’shimcha moddalarni ajratib olish imkoni bo’lmasa yoki bunday ish iqtisodiy jixatdan ma’kul deb topilmasa destruktiv usul qo’llaniladi. Bunda oqova suvni tozalash uchun suvdagi moddalar parchalab yuboriladi.
Quyidagilar destruktiv usulga kiradi:
1.Zaxarli moddalarni issiqlik ta’sirida parchalab zararsizlantirish; bunda xarorat 900-10000S gacha ko’tariladi.
2 .Kuchli oksidlovchilar, ya’ni ozon, kislorod, xlor va xlorli moddalar ta’siri ostida oksidlash usullari.
Quyidagilar regenerativ usulga kiradi:
1. Ekstraktsion tozalash bekorchi qo’shimchalarni erituvchi yordamida ajratib olishga asoslangan. Ekstraktsiya jarayonida erigan organik modda oqova suv bilan ekstragent /erituvchi/ o’rtasida taqsimlanish qonuniga muvofiq taqsimlanadi:

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling