O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogioka instituti


II. Asosiy nazariy qism (5 семестр учун ma‘ruza mashg‘ulotlari jami 28 soat)


Download 229.5 Kb.
bet2/16
Sana03.09.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1672415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O \'quv dastur 3 kurslar uchun

II. Asosiy nazariy qism (5 семестр учун ma‘ruza mashg‘ulotlari jami 28 soat)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1 – modul. Kirish. “Muzeyshunoslik fanining nazariy asoslari.


1-mavzu: Muzeyshunoslik fanining mazmun va mohiyati.
Muzey – tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgoliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va tashkil qilish ishlarini bajaruvchi ilmiy-ma’rifiy muassasa ekanligi. Muzeylar ijtimoiy vazifasiga ko’ra, ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy muzeylar ko’pchilikni tashkil etishi. Ommaviy muzeylar va ularning faoliyatiga ta’rif. Ilmiy tadqiqot institutlari ho’zurida o’ziga xos Seminar vazifasini o’taydigan tarmoq sifatida muzeylarning o’rni. Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi. O’rta asrlarda muzeylarning shakllanishi. CHor Rossiyasibosqini davrida madaniy boyliklarning tashib ketilishi va muzey ishi. Sovet hukumatining muzeylari sohasidagi chora tadbirlari. Turkomstaris va uning faoliyati. O’zkomstaris va uning faoliyati. 1917 yil Oktyabrida Peterburgdagi Lenin boshliq bolsheviklar davlat to’ntarishi salbiy oqibatlari. Rossiya mustamlakasi bo’lgan Turkistonning muzeyshunosliktadi o’ziga xos vaziyatlari.
2-modul. O’zbekistonda muzeylar va ularning faoliyati
2-mavzu. O’zbekistonda muzey ishi tarixi
Toshkentdagi bolsheviklar hokimiyatining muzeyshunoslikka doir ishlari. 1918 yil 23 may dekreti. 1921 yil 23 may Turkomissiya va TaSSR XKS maorif xalq komissarligi qoshida “Muzey ishlari, qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qo’mita” ishi. 1928 yil 20 avgustdagi “Muzey qurilishi haqidagi” Qaror. 1930 yil 1 dekabr Muzeylarning 1-se’zdi materiallari. 1933 yil Toshkentdagi 1-Respublika konfrensiyasi. 1934 yil kuzida RSFSR Maorif XK tomonidan oliy muzey kurslari tashkil etilishi. 1939 yil O’zbekiston Maorif Xalq Komissarligi muzey xodimlari mutaxassislari tayyorlash tadbirlari.
3-mavzu. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda muzeylar va muzey ishi
Urush yillarida muzeylar ishi. 1941 yil iyunda SSSRning 2-jahon urushiga tortilishi. Mamlakatning harbiy izga tushishi. Ilmiy tadqiqot masalalari. Muzeylar faoliyati. Muzeylarning qisqartirilishi. Frontlarda ko’chma muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish. Ko’chma statsionar muzeylar. Muzeylarda harbiy texnika ashyolari ekspozitsiyalarining tashkil toptirilishi. Muzeylarda Armiya muvaffqiyatlari ko’rgazmalari tashkil ettirilishi. Ulug’ Vatan g’alabasi namunalari. Harbiylarning sovg’alari ekspozitsiyalari. O’zbekiston kolxoz, sovxoz ishchilari frontga yordam fondlari. O’zbekistonga evakuatsiya qilingan bolalar, zavodlar, harbiy qurilmalar ekspozitsiyalari. SSSR XKS ning 1943 yil 27 sentyabr “O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasini tashkil etish haqida” qarori. Tarix va San’at muzeylarining tashkil topishi. Ilmiy metodik rahbarliklar. Uy muzeylarning tashkil topishi. Memorial muzeylarining shakllanishi. Turli yo’nalishdagi muzeylarga asos solinishi. va h.k.

Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling