O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

 
11.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun 
sarflangan resurslarning xarajatini (miqdorini) joriy narxlarda hisoblash asosida aniqlanadi. 
Qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini aniqlashda xarajatlarni ma’lum guruhlarga 
bo’lish zaruriyati bor va undan foydalinadi. Xarajatlarni guruhlarga bo’lish mahsulot 
tannarxi kalkulyatsiyasi deb ataladi. Kalkulyatsiya – qilinayotgan xarajatlarni guruhlarga, 
xarajat moddalariga bo’lishdir. Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxiga quyidagi xarajatlar 
kiradi (10-chizma). 
№ 
Xarajat moddalari 
O’simlikchilikda 
CHorvachilikda 
1. 
Ish haqi qo’shimchalari bilan 


2. 
Urug’lik 


3. 
Em-xashak 


4. 
Yoqilg’i-moylash materiallari 


5. 
O’g’it 


6. 
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi 
kurash vositalari 


7. 
Asosiy ishlab chiqarish vositalarini 
saqlash 


8. 
Ish va xizmatlar 


10-chizma. Qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini belgilovchi xarajatlar turlari 
Tannarxning tarkibini yillar davomida tahlil qilib o’rganish iqtisodchilarga, xo’jalik 
rahbarlariga mavjud kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ko’rsatadi. Mahsulot 
tannarxiga kirgan xarajatlar tarkibi, miqdori va iqtisodiy mohiyati jihatidan bir – biridan 
farq qiladi. SHuning uchun ularni xarajat moddalariga to’g’ri bo’lish katta ahamiyat kasb 
etadi. 
Qishloq xo’jaligida barcha xarajatlar 1 gektar yoki bir bosh chorva hayvoniga 
hisoblanadi. Bir gektar yerdan olingan mahsulot miqdoriga shu bir gektar yerga ketgan 
xarajatlar miqdorini bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. CHorvachilikda bir bosh chorva moliga 
qilingan xarajatlar miqdorini shu chorva molidan olingan mahsulotga bo’lish yo’li bilan 
aniqlanadi.
Qishloq xo’jalilik korxonalarida mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 - son qarori bilan 
tasdiqlangan “Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 


82 
tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida NIZOM qoidalari 
asosida aniqlanadi.

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling