O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
12.2. Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi
Iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari ko’p bo’lganligi sababli narxlarning ham turi ko’p. Bunday bo’lishining ob’ektiv sabablari mavjud. Narxlarning turininig ko’p bo’lishi quyidagi holatlar bilan bog’liq. narxlarning turli darajada (dunyo, mamlakat, tarmoq, hudud) shakllanishi va ishlatilishi; mahsulot, xomashyo va boshqa tovarlarni sotish kanallarining turlicha ekanligi; tovarni sotuvchidan iste’molchiga harakatlanish bosqichlarida turli narxda (ulgurji, chakana, topshirish) bo’lishi; tovarlarni sotish hajmining turlicha bo’lishi. Qishloq xo’jaligida narxlarning quyidagi turlaridan keng foydalaniladi: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish narxlari. O’zbekiston Respublikasida hozirda asosan paxta va don mahsulotlari uchun xarid narxlari o’rnatilgan; dunyo narxlari. dehqon bozori narxlari. Dehqon bozorida qishloq xo’jalik mahsulotlariga asosan ulgurji va chakana narxlar ishlatiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yirik miqdorda xarid qiluvchilar ulgurji narxlardan foydalanadilar. Odatda, ulgurji narxlar chakana narxlardan ancha past bo’ladi. qishloq xo’jaligida ichki hisob-kitoblarni olib borish uchun hisob narxlaridan keng foydalaniladi. Hisob narxlari ustun darajada shirkat bilan shartnoma asosida faoliyat ko’rsatayotgan oila pudrati o’rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishda ishlatiladi; qishloq xo’jaligida xizmatlar uchun asosan, ta’rif narxlaridan foydalaniladi. Hozirda qishloq xo’jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatadigan MTP xizmatlari ana shu narxlardan foydalanilgan holda olib boriladi; 86 qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarida esa asosan smeta qiymati narxlari ishlatiladi; hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligida shartnoma narxlari ham keng qo’llanilmoqda. litsenziya narxlari. kafolatlangan narxlar. Narxlar bozorda xarakat qilish sharoitlariga qarab erkin va monopol narxlarga bo’linadi. Erkin narxlar davlatning aralashuvisiz bozorlarda erkin shallanadi. Narxning davlat tomonidan tartibga solib turishining ob’ektiv sabablari quyidagilardan iborat: 1. agrosanoat majmuasi tovarlari chakana sovdoning asosiy qismini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi mahsuloti inson hayoti uchun birinchi darajali va kunda kerak bo’lganligi tufayli uning narxi imkon qadar stabil, o’zgarmas bo’lishi kerak; 2. qishloq xo’jaligi tabiiy omillar ta’siriga ko’proq tushadigan, natijada tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxi keskin o’zgarib turadi. Tabiiy omillar ta’sirini kamaytirish (kompensatsiya) qilish uchun davlat aralashuvi talab qilinadi; 3. qishloq xo’jaligining jadal va barqaror rivojlanishi agrasanoat majmuasining qolgan tarmoqlarining istiqbolini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligi barqaror rivojlangan holda majmuaning boshqa tarmoqlari jadal rivojlanishi mumkin. 4. resurslar cheklangan sharoitda iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga o’sib borayotgan talablarini to’liq qondirishni faqat qishloq xo’jaligining o’ziga yuklash ijobiy samara bermaydi. Buning uchun qishloq xo’jaligiga ma’lum investitsiyalar qilinishi, xarajatlarning bir qismini davlat o’z zimmasiga olishi kerak bo’ladi; 5. qishloq xo’jaligida talabning narx bo’yicha elastikligining pastligi; 6. qishloq xo’jaligi bilan boshqa tarmoqlar ayriboshlash jarayonida narxlar paritetini saqlash zararatining mavjudligi; 7. qishloq xo’jaligida uzoq muddatli iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaraganda ishlab chiqarishning iqtisodiyotdagi o’rtacha daromad olishini ta’minlashning muhimligi; 8. qishloq joylarda ish joylarining saqlanishi va ijtimoiy masalalarni mo’’tadil hal etishning zarurligi. Davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida shakllanadigan narxlarni tartibga solib turish borasida quyidagi imkoniyatlarga ega: 1. Narxlarni kuzatib turish imkoniyati. 2. Narxlarga egri ta’sir ko’rsatish. Bu holda davlat soliq, bojxona, pul emissiyasi kabi dastaklar orqali narxlarning darajasiga ta’sir ko’rsatadi. 3. Narxlarning shakllanishida davlatning bevosita ishtirok etishi. Odatda davlat biror mahsulot turiga nisbatan monopol imkoniyatni egallagan holda yuz beradi. Ayrim tarmoq mahsulotlari narxiga davlat aralashadi va monopol narx egasiga aylanadi; 4. Narxlarni o’rnatishda davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvi. O’zbekistonda paxta va donning bir qismiga xarid narxlarini davlatning o’zi o’rnatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling