O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Eman-oqqayinli o‘rmonlar. G‘arbiy Evropaning unumsiz, qumli va 
toshli tuproqlarida eman-oqqayinli o‘rmonlar o‘sadi. Ular Markaziy 
Evropadagi muzlik ta’sirida bo‘lgan hududlarda tarqalgan. Bu o‘rmonlarning 
yuqorigi qavati Quercus robusvaQ.petraea, oqqayin (Betula pendula), 
tog‘terak (Populus tremula) o‘simliklaridan iborat. Butali qavat itjumrut 
(Frangula alnus), maymunjonning (Rubus) ko‘plab turlari, g‘arbda ileks (Ilex 


83 
aquifolium) va uchqatdan (Lonicera periclymenum) iborat. Tuproq usti 
qavatda avvalo kalluna (Calluna vulgaris), genista (Genista) va sarotamna 
(Sarothamnus) turkumlarining turlari o‘sadi. 
Issiqsevar emanli aralash o‘rmonlar. Markaziy Evropada issiqsevar 
emanli aralash o‘rmonlar alohida-alohida xolida yozi issiq bo‘ladigan Reyn 
daryosining yuqori va o‘rta oqimida Mozleda, Nekar va Dunayda, Tyuringida, 
Saksoniyada, Bogem tog‘larida, Moraviyada, Oder va Visla daryolarining 
quyi qismida tarqalgan. Bu o‘rmonlarda ancha shoxlangan emanlar, yovvoyi 
nok (Pyrus communis), grab oddiy (Carpinus betulus), qayrag‘och (Ulmus 
campestris), kornus (Cornus sanguinea), olxo‘ri (Prunis spinosa) va zirk 
(Berberis vulgaris) keng tarqalgan. Pastki o‘t o‘simliklar qavatida poliganat 
(Polyganatum officinale), braxipodiy (Brachypodium pinnatum), astragal 
(Astragalus glycyphyllos) va burchoq (Lathyrus niger) o‘sadi. O‘rtayer dengiz 
oldi o‘rmonlari asosan bu hududning janubi va janubi-g‘arbida tarqalgan. 
Ularning tarkibida janubiy Evropa turlari eman (Quertus pubescens), zarang 
(Acer monspessulanum), kalina (Viburnum lantana), irga (Amelancher 
rotundifolia), ligistura (Ligustrum vulgare), chetan (Sorbus torminalis)ko‘p 
uchraydi. O‘t o‘simliklar o‘sadigan pastki qavat juda chiroyli gullaydigan 
litosperm 
(Litospermum 
purpureo-coeruleum), 
melitis 
(Melittis 
melissophyllum) va qishda ham yashil turadigan gellibora (Helliborus 
foetidus) o‘simliklar asosiylarini tashkil qiladi. Emanli kontinental aralash 
o‘rmonlar Markaziy Evropada alohida maydonlar xolida uchrab, g‘arbga 
borgan sari ulardagi qayd etilgan o‘simliklarning turlari ko‘payib boradi. Bu 
o‘rmonlarni tashkil qilgan daraxt turlarining soni bir muncha kam. Eman va 
qarag‘ayli joylarda gilos (Cerasus fruticosa), normushk (Euonymus 
verrocosa), va spireya (Spiraea media) hamda Markaziy Evropada 
gullamaydigan zarang (Acer tataricum) va irg‘ay (Cotoneaster melanocarpa
tarqalgan. O‘tlar o‘sadigan joyda pufanak (Anemone sylvestris), eshakgul 
(Potentella alba) va pulmonariya (Pulmonaria angustifolia) xarakterli 
hisoblanadi. 


84 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling