O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Tarqalishi va iqlimi. Yozgiyashil bargli o‘rmonlar materiklarning 
ichki qismida yo‘q, bu dengiz iqlimi bilan bog‘liq. Bunday o‘rmonlar 
Shimoliy Amerikaning sharqida, Sharqiy Osiyoning mo‘tadil iqlimli 
hududlarida hamda Evropani boreal mintaqasiga tutash joylarda tarqalgan. 
Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyoda bunday o‘rmonlar shimoldan janubga 
tomon 2500 kmgacha cho‘zilgan. Dengizlardan uzoqlashishi va yog‘adigan 
yog‘in miqdorini kamayishi bilan bargli o‘rmonlar o‘tlar bilan qoplangan 
hududlarga almashadi. Evropadagi bargli o‘rmonlar Atlantika okeanining 
qirg‘oqlaridagi Piriney yarimorolidan to Skandinaviyaning janubiy 
hududlariga shimoliy kenglikning 58
0
gacha boradi. Bu xolatni mutaxassislar 
Golfstromning iliq oqimi bilan bog‘laydilar. Iqlimning kontinentalligi ortib 
borishi bilan bargli o‘rmonlar sharqda torayib Dnepr daryosigacha kirib 
boradi, undan nariga ingichkalashib Ural tog‘laridan ham o‘tadi. Shimolda 
boreal ninabargli o‘rmonlarga tutashadi. Janubda yozgiyashil bargli o‘rmonlar 
O‘rtayer dengizining qattiqbargli o‘rmonlari bilan ajralgan. Janubi-sharqda 
kontinental cho‘llar bilan chegaralanadi. Yozgiyashil bargli o‘rmonlarda 


78 
yog‘ingarchilik yil bo‘yi sodir bo‘ladi. Xazonrezgilik ro‘y berishi uchun etarli 
darajada yog‘ingarchilik bo‘ladigan 4-6 oy davom etadigan vegetatsiya davri 
hamda 3-4 oyli sovuq qish zarur. Yildan yilga to‘xtovsiz takrorlanaveradigan 
qishki sovuqlar o‘simliklarning o‘sishini vaqtincha to‘xtatadi, bu xolat ularda 
xazonrezgilik bilan ro‘y beradi. Yog‘ochli bargli o‘simliklarning vegetatsiya 
davri uchun 120 kundan kam bo‘lmagan vaqt zarur. Yozgi yashil bargli 
o‘rmonlar tarqalgan mintaqalarda iqlimiy sharoitlar bir xil emas. Evropaning 
okeanga yaqin hududlarida yoz uzoq va salqin, qishi yumshoq. Bu yerdagi 
o‘rmonlarda tinim davri ro‘y bermaydi. Markaziy Evropaning ko‘p 
hududlarida yer ustidagi o‘t o‘simliklar yashil xolda bo‘ladi. Okeandan 
uzoqlashishi bilan iqlim subokeanga aylanadi. O‘simliklarning qoplami uni 
xarakterida mahalliy sharoitning xususiyatlari masalan, yonbag‘irlikni xolati, 
qiyaligi, balandlik mintaqasi bilan birga qishni qahraton va yozni 
qurg‘oqchiligi ahamiyat kasb etadi. Yozgiyashil bargli o‘rmonlarning 
tuproqlari mineral moddalar va chirindiga boyligidan ularning mahsuldorligi 
ham yuqori. Shu xolat qadimdan o‘rmonlarni ildizi bilan chiqarib yuborib 
qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga sabab bo‘lgan. Shu boisdan g‘arbiy 
Evropaning podzol tuproqlarini katta maydonlari yalangliklarga aylangan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling