O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

II 
Amaliy mashg'ulotlar

O`simliklarning hilma-hilligi tallomli o`simliklar………………………. 113 

O`simliklarning hilma hilliklari. Zamburug`lar…………………………. 116 

Poyabargli o`simliklar. Moxlar. Paparotniklar. Ochiq urug`lilar………... 120 

Poyabargli o`simliklar. Magnoliopsida …………………………………. 126 

Ra`nodoshlar oilasi ……………………………………………………… 128 

Yer shari florasi. O`rmon o`simliklari ….................................................. 131 

Yer shari florasi. Sahro o`simliklari……………………………………. 134 
III. Mustaqil ta’lim mavzulari…………………………………………….. 137 
IV Ilovalar………………………………………………………………….. 138 
4.1.ishchi o’quv dasturi…………………………………………………. 138 
4.2.oraliq nazorat savollari………………………………………………. 144 
4.3.yakuniy nazorat savollari……………………………………………. 145 

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati ………………………………... 146 
VI Baholash mezonlari……………………………………………………… 147 



M A ‘ R U Z A L A R 
1. MAVZU: O`SIMLIKLAR GEOGRAFIYASI FANIGA KIRISH. 
O‘SIMLIKLARNING AREALLARI 
Reja 
1.O`simliklar geografiyasi faniga kirish, o‘simliklarning areallari. 
2.Atrof muhit omillari va o`simliklarning tarqalishi. 
3. Shamol, suv va tuproqning o`simliklarning tarqalishiga ta`siri. 
1.O`simliklar geografiyasi faniga kirish, o‘simliklarning areallari. 
Yer shari qit’alarining katta qismi yashil o‘simliklar bilan qoplangan. 
Muz sahrolaridan iborat Antraktika qit’asining ichki qismi Grenlandiya 
Arktikaning ayrim kengliklari hamda tog‘larning eng yuqori qismi va quruq 
sahrolar istisno. Bu joylarda o‘simliklar qoplamini tarqalishining 
chegaralanishiga sovuq va qurg‘oqchilik to‘sqinlik qiladi. Bu joylarning 
ayrim hududlarida suvo‘tlari uchraydi. Arktika va Grenlandiyaning ichki 
muzliklarida o‘simliklar yo‘q xolos. Shimoliy yarimsharning 80 chi 
paralellidan shimolroqda ham 110 turga mansub o‘simliklar o‘sadi. 
Grenlandiyaning shimoliy qismidagi (83
0
24
1
shimoliy kenglik va 39
0
31
1
g‘arbiy uzunlikdagi Lokvud orolidan gulli o‘simliklar orasida eng shimolda 
tarqalgan Cerastium alpinum topilgan. Moxlar, lishayniklar va ayrim 
suvo‘tlar yanada yuqoriroqda uchraydi. Ekvatorning shimoli va janubidagi 
tog‘larning yuqorisida 5000 metr balandliklarda gulli o‘simliklarning ko‘plab 
turlari uchraydi. Kurrai zaminimizdagi eng baland tog‘ cho‘qqisi 
Jomalungmada 6218 m balandlikda yostiqsimon ko‘rinishli Arenaria 
musciformis aniqlangan. Ayrim lishayniklar va suvo‘tlar undan ham 
balandliklarda tarqalgan. Sahrolar ham quruq emas, g‘aroyib turlardan biri 
velvichiya o‘sadi. Xullas kurrai zaminimiz fitospora bilan o‘ralgan. 
Tropiklarda o‘simliklar barq urib o‘sishini hammamiz bilamiz. Bu yerdagi 
o‘simliklarning qoplamini qalinligi 50 metrlargacha etadi. Ayrim daraxtlar 
ulardan 20-30 metr ko‘tarilib turadi. Undan ham balandroq 80-90 
metrlargacha mamont daraxtlaridan tashkil topgan Shimoliy Amerikaning 



g‘arbidagi o‘rmonlar ko‘tariladi. Bu joyda bo‘yi 142 metrga etadigani ham 
aniqlangan. Avstraliyadagi ekvalipt (Eucalyptus amygdalina) bo‘yi 150-155 
metr keladi degan xabarlar ham bor. 
Dengiz va okeanlarda o‘simliklar 20 metrlargacha juda ko‘p turlardan 
iborat. 200 m chuqurliklargacha assimilyasiyalovchi o‘simliklar o‘sadi. 
Geterotrof oziqlanadigan, pigmentlari yo‘qolgan suvo‘tlarni 5000-6000 metr 
chuqurliklardan ham aniqlangan. Geterotrof tirik bakteriyalar 10400 metr 
chuqurlikdan topilgan. 
Fitosporaning tarkibini tashkil qiladigan turlarning soni aniq emas. 
Hali ham yerimizda o‘sayotgan o‘simliklarning sistematik tarkibi o‘rganib 
bo‘lingani yo‘q. Har yili butun dunyo bo‘ylab 2000 atrofida fanga yangi turlar 
aniqlanmoqda. Umuman olganda kurrai zaminimizda 400000 atrofida 
o‘simlik turlari borligi haqida ma’lumotlar ko‘plab adabiyotlarda keltirilgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling