O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
O‘simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
O‘simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy
Turlardan iborat: Bakteriyalar (Bacteriophyta) 1200 Ko‘kyashil suvo‘tlar (Cyanophyta) 2000 Tillarng suvo‘tlar (Chrysophyta) 1000 Diatom suvo‘tlar (Bacillariophyta) 14000-16000 Sariqyashil suvo‘tlar (Xanthophyta) 300 Qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) 1500 Qizil suvo‘tlar (Rhodophyta) 3800 Pirofit suvo‘tlar (Pyrrophyta) 1200 Yashil suvo‘tlar (Chlorophyta) 8000 Boshqa suvo‘tlar (Euglenophyta vaboshqa) 1000 Zamburug‘lar (Mycota) 40000-50000 Lishayniklar (Lichenes) 20000 Moxsimonlar (Bryophyta) 25000 To‘qimali sporalilar (Pteridophyta) 11000 6 Ochiq urug‘lilar (Gymnospermae) 600 Yopiq urug‘lilar yoki gullilar(Angispermae) 260000 Suvo‘tlarning 34000-35000 ba’zi istisnolar bilan chuchuk suvda, ulardan 55-60% dengizlarda tarqalib ulardan 11000-14000 tur atrofidagisini diatom suvo‘tlari tashkil qiladi. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, biz hozir gulli o‘simliklarning barq urib o‘sib rivojlanayotgan davrida yashayapmiz. Shu boisdan o‘simliklarning Yer yuzi bo‘ylab tarqalishida biz urug‘li o‘simliklarning geografiyasi haqida so‘z yuritamiz O‘simliklarning turlari ayniqsa urug‘lilar Yerda judayam ko‘p, biroq ular uning yuzasida notekis tarqalgan. Bu ularning turli joylarda o‘sadigan turlari sonini qiyoslaganda darrov bilinadi. Turlarga ayniqsa tropiklar bor. Indoneziyaning florasi 45000 ga yaqin turdan iborat. Amazonka daryosining atroflarida 40000 dan kam bo‘lmagan flora mavjud. Ekvatordan uzoqlashish bilan turlarning soni kamayib boradi, subtropik sahrolarda esa ular juda kam. Sahroi Kabirning jami hududida 1200 turga yaqin o‘simlik bor xolos. Sahrolarga yaqin qattiqbargli o‘rmonlarda turlarning ancha katta xilma-xilligi mavjud. O‘rtayer dengizining florasida kamida 8000 tur, Kaliforniyada esa 6000 atrofida o‘simliklarning turlari o‘sadi, mo‘tadil kengliklarda ularning soni yana kamayadi, bu xolat janubdan shimolga tomon ro‘y beradi. Polsha, Germaniya yoki Chexiya, Slovakiya mamlakatlarining florasi u yerlardagi iqlim sharoiti deyarli bir xil bo‘lganligidan 2200-3100 tur o‘simliklar tarqalgan. Norvegiyada 2100, Grenlandiya florasi 400 atrofidagi turlardan iborat. Shpitsbergenda bori yo‘g‘i 130 tur atrofida urug‘li o‘simliklar o‘sadi. Antraktikada faqat ikki tur yopiq urug‘li o‘simliklar bor xolos. Qaysidir tur yoki boshqa taksonomik guruh (turkum, oila, tartib, sinf, bo‘lim) o‘simliklari o‘sadigan hudud areal deb nomlanadi. Turli o‘simliklarning areallari ya’ni ularning egallagan hududlari juda ham xilma- xil. Takson qanchalik katta bo‘lsa, uning egallagan maydoni ham shuncha katta. Oilaga mansub bo‘lgan o‘simliklarning areali turkumdaligidan katta. Turli turkumlarning areallari ham albatta turlichadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling