O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Klimadiagrammalar. Iqlimiy omillarni o‘simliklarning er yuzasi (suv) 
bo‘ylab tarqalishi va jamoalarning hosil qilishiga ta’siri shubhasiz juda katta, 
shu boisdan tadqiqotchilarni bu masalaga e’tibori ko‘proq bo‘lgan. Iqlim 
omillarini o‘simliklarga ta’sirini darrov ko‘zga tashlanadigan xolda ifodalansa 
uni anglash, fikrlash qulay bo‘ladi. Iqlimga doir bir qancha jadvallardagi 
ma’lumotlar botaniklar uchun biroz qiyinchilik tug‘diradi. Bu borada 
o‘simliklar ekologiyasi bo‘yicha mutaxassis G. Valter iqlim diagrammasi-
klimadiagramma yaratdi. Bu diagrammalar ancha ixcham, iqlimiy 
omillarning qandayligini yaqqol namoyon qiladi. Bu diagrammalarni “o‘qib” 
anglash uchun tegishli harakat zarur. Klimadiagrammadagi gorizantal 
chiziqda yilning o‘n ikki oyi belgilanadi. Gorizantal chiziqning ikki 
chekkasidan vertikal chiziq o‘tkazilib chapdagisida harorat belgilanib uni 
ustida yilning o‘rtacha harorati (12 oy uchun) ko‘rsatiladi. O‘ng tomondagi 
tikka chiziqda yog‘adigan yog‘inning miqdorlari (0, 20, 40, 60 ............ 100 
Климадиаграмма


12 
mm) uni ustida bir yilda yoqqan yog‘inning 12 oyga taqsimlanganidagi 
miqdori ko‘rsatiladi. Qizil chiziq bilan har oydagi haroratni o‘zaro bog‘lab 
chiqiladi. Yog‘ingarchilikni yil davomida o‘zgarib borishi ko‘k (moviy) rang 
bilan belgilanadi. Klimadiagrammaning pastida chaproqda ilmiy ma’lumotlar 
olingan joy, uni dengiz sathiga nisbatan balandligi raqamlarda ko‘rsatiladi. 
Ko‘rinishidan o‘xshash diagrammalar o‘xshash ekologiya sharoitlarini, 
o‘simliklar tiplaridagi avvalo tashqi ko‘rinishidagi o‘xshashliklarni bildiradi. 
Areallarning chegaralari va iqlimiy izoliniyalar. Alohida turlarning 
tarqalish chegaralari ayrim xollarda iqlimiy izoliniyalarga mos keladi. Bu 
izoliniyalar qaysidir haroratga, yog‘ingarchilik miqdorlariga, u yoki bu 
iqlimiy omillarning ta’sir etish muddatlariga va shu kabilar bo‘lishi mumkin. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling