O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Qanotsimon o‘simtali mevalar va urug‘lar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Qanotsimon o‘simtali mevalar va urug‘lar. Shamol bilan uzoqlarga 
uchib ketadigan uzun tukli mevalar va urug‘lar ham bor. Bunday urug‘ va 
mevalarning soni juda ko‘p, biroq ularning xilma xilligi ko‘p emas. Bunday 


15 
“uchma”larning tuzilishidagi muhimi shamol ta’sir qiladigan yuzani 
kattaligidir, bu bilan ularni havodan erga tushish tezligi pasayadi. 
Bunday moslamali urug‘ va mevalarning og‘irlik markazlari doimo 
pastdaligidan uchish parashyut kabi bo‘ladi. Urug‘ va mevalardagi uzun 
tuklar kokil deyilib boshoqdoshlarda masalan oddiy qamishda (Pragmitus 
communis), xloldoshlarda, murakkabguldoshlarga mansub o‘simliklarning 
ko‘pchilik turlarida bor. Tol (Salix), terak (Populus), kiprey (Epilobium
o‘simliklarning urug‘larida ham kokil bor.
Zont-soyabon ko‘rinishidagi uchmalar kokillardan kam farqlanadi. 
Bunday moslama murakkabguldoshlardan qoqio‘t urug‘ida hammamizga 
tanish. Kokilsimon va parashyutli moslamalar meva yoki urug‘larni havoda 
uchib tarqalishini ta’minlovchi oliy darajadagisi hisoblanadi. Ular 90-120 km 
masofalargacha uchib boraolganligi tufayli bunday moslamali o‘simliklarni 
tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Perekati-pole” (yumalab tarqalish). Cho‘llar va sahrolarda ayrim 
o‘simliklar urug‘, mevalari etilganidan keyin urug‘i bilan tanasi to‘la qurib 
shamol bilan er osti qismidan uziladi, bu davrga kelib u shamol ta’sirida 
yumalab ketaboshlaydi. Shamol kuchayganda sakraganidan urug‘lari 
to‘kilaboshlaydi. Bundan tipda tarqalish qatron (Crambe tataria), sverbiga 
(Buniaseuropaen), kachim (Gypsuphylla paniculata), salsola (Salsola 
postifera) o‘simliklarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Suvning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri 
Harorat va shamolning ta’siri kabi, suvning o‘simliklarni tarqalishiga 
ta’siri turlicha namoyon bo‘ladi. Harorat kabi yog‘ingarchilik ham Yerda 
o‘simliklarning tarqalish mintaqalarini yuzaga kelishida ta’sir qiladi. Bu bilan 
yog‘ingarchilik o‘simliklarni tarqalishiga bilvosita ta’sir qiladi, areallarining 
chegaralishidagi ishtiroki ham kam. Bu gaplar avvalo gumid mintaqaga 
tegishli. Suv qirg‘og‘i va botqoqlik o‘simliklari uchun suv o‘sish muhiti xech 
bo‘lmaganda muhit omilining xal qiluvchisi hisoblanadi. Suvda o‘sadigan 
o‘simliklarning floristik tarkibi tekislik, adir va tog‘larda o‘zaro katta farq 


16 
qilmaydi, o‘xshashliklari ko‘p. Yil fasllari davomidagi yog‘ingarchiliklarning 
miqdori suvdagi o‘simliklar uchun xech qanday ahamiyati yo‘q. Suvda 
o‘sadigan o‘simliklar ko‘p xollarda katta hududlarda ba’zan bir necha iqlim 
mintaqalarini egallaydi. Bunga rdest (Potamogeton), urut (Myriophyllum 
spicatum), shoxbarg (Cerataphyllum gemersum), nayzabarg (Sagittaria 
sagittifolia), butoma (Butomus umbellatus) misol bo‘ladi. Daryo qirg‘oqlarida 
o‘sadigan o‘simliklar uchun suvning qirg‘og‘i o‘sish muhiti hisoblansa, suv 
ularning urug‘i, mevalarini oqizib tarqalishini ta’minlaydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling