O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘SIMLIKLARNI O‘RAGAN TIRIK OLAM 
O‘simliklar o‘sib turgan sharoitning kimyoviy, fizikaviy omillarini 
ta’siridagina emas ularning atrofdagi tirik mavjudotlarning ham ta’sirida 
bo‘ladilar. Geobotaniklar bunday omil sifatida odamlarni nazarda tutadilar. 
Uni bilvosita va bevosita flora va o‘simliklar qoplamiga ta’sirini hisobga 
oladilar. 
O‘simliklardagi o‘zaro ta’sir, raqobat 
O‘simliklar tabiatda jamoalar hosil qilib o‘sishiga ko‘ra ularning 
tarqalishi faqat ekologiya muammolar bilangina emas fitotsenologikni ham 
xal qilishlari lozim. O‘simliklar tabiatda alohida bitta bittadan yakka xolda 
ham o‘sadi, boshqacha aytganda shunday joyda o‘sadiki u uchun boshqa 
o‘simliklar tomonidan raqobat yo‘q. Bunga yaqqol misolida Namib cho‘lidagi 
velvichiyani (Welwitschia mirabilis) kitoblarda keltiriladi. O‘simlikning 
bittasi atrofida xech qanday boshqa turlari bo‘lmagan joyda o‘sishga yaqqol 
misol. Haqiqatda ham shunday. Qandaydir bir sabab bilan bir o‘simlikning 
urug‘ini unishi uchun minimal sharoit yuzaga kelganda unganidan keyin 
vaqtlar o‘tishi bilan shu joyda uning, shu turning o‘zini jamoasi hosil bo‘ladi. 
Mana shunday bir turni o‘zidangina jamoa o‘simliklar orasida alohida xolat.
Odatda bunday jamoa katta maydonni egallamaydi. Ko‘p xollarda 
jamoa bir necha turlardan iborat bo‘ladi va ular hudud yorug‘lik, oziq uchun 
raqobatda birga bo‘ladilar. Iqlimiy, tuproq sharoitlari mazkur o‘simlik uchun 
ma’qul bo‘lgan hududlar ularni o‘sib, rivojlanib arealini kengaytirish 


19 
imkonini beradi. Aslida, o‘simlik o‘sib turgan vaqtida egallagan arealidan 
tuproq va iqlimiy sharoitlari uni o‘sishi uchun sharoit yaratadigan biz 
potensial deb ataydigan areali kattaroq. Bog‘dorchilik, o‘rmonchilikdagi 
qo‘llanilayotgan amaliyot raqobat o‘simliklarning o‘sishini cheklashni yaqqol 
isbotidir. Qaysidir floraning tarkibiga kirmagan ko‘plab turlar bog‘larimizda 
uning raqobati yo‘qligidan yaxshi o‘smoqda. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling