O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


SHAMOLNING O‘SIMLIKLARNI TARQALISHIGA TA’SIRI


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

3.SHAMOLNING O‘SIMLIKLARNI TARQALISHIGA TA’SIRI 
Atrof muhit havosining harakati o‘simliklar qoplamiga ta’sir qiladi. 
Shamol namlik yoki qurg‘oqchilik, issiq yoki sovuq olib kelishini har birimiz 
bilamiz. Shamol katta hududlarni qoplagan o‘simliklarga, alohida joylarga 
ham ta’sir qiladi. Tog‘larda shimoliy yonbag‘irliklarda janubga xos 
o‘simliklarning turlarini o‘sishiga olib keladigan havo massasining ta’siri 
bo‘lib, bunday xolatni ro‘y berishiga fen o‘simliklari atamasi qo‘llaniladi. 
Shamol doimo ro‘y berib turadigan hududlarda masalan dengiz 
qirg‘oqlari, orollar yoki tog‘larning yuqorisidagi o‘simliklarda suv rejimi, 
transpiratsiya o‘zgaradi. Dovullar doimo ro‘y berib turadigan joylarda 
daraxtlarning o‘sishi sekinlashadi. Daraxtning ko‘rinishida anomaliya sodir 
bo‘ladi. Okeanlar yaqinidagi orollar qirg‘oq bo‘yida dovul shuncha kuchli 
bo‘ladiki, daraxtlar o‘sishdan to‘xtashdan tashqari o‘simliklar qoplamining 
tarkibiga ham katta ta’sir qiladi. Bunday hududlarni taniqli mutaxassis 


14 
Shimper “Shamollisahrolar” deb atagan. Shamol ko‘plab o‘simliklarning 
tarqalishiga ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Shamol o‘simlikni ko‘payishi 
uchun hosil bo‘ladigan spora, urug‘ va mevalarni atrofga tarqatadi. 
O‘simliklarni atrof muhitda tarqalishini eng samarali usuli-shamol 
yordamidagisi hisoblanadi. Bunday anemoxoriya tarzida tarqaladiganlarikeng, 
tekis maydonlardagi o‘simliklar jamoalarida (fitotsenozlar), sahrolar va 
tog‘larda ko‘p. Ular nam tropiklarda ham bor. Sporalarni shamol ta’sirida 
sochilib ketishi quruqlik o‘simliklarning dastlabki usuli. Quruqlikda eng 
birinchi o‘saboshlagan o‘simliklar sporalari yordamida ko‘payib tarqalishgan. 
Bu usul bilan quruqlikdagi moxlar, zamburug‘lar, paparotniklar, plaunlar
qirqbo‘g‘inlar tarqaladi. Anemoxorlik ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘li 
o‘simliklarning ko‘pchiligida ham uchraydi. 
O‘simliklarning ko‘payishi, ularni tarqalishida xizmat qiladigan mayda 
urug‘ va sporalar massasining kichikligi, kukunsimonligi tufayli shamol 
ta’sirida atrofga oson tez tarqaydi. Salabdoshlar (Orchidaecae), Erikadoshlar 
(Ericaceae), Pirolodoshlar (Pyrolaceae), drozeradoshlar (Draseraceae), 
chirmovdoshlar (Orobanchaceae) oilalarida shu bilan birga tropiklarda 
tarqalgan 
Sarraseniyadoshlar 
(Sarraceniaceae), 
rafleziyadoshlar 
(Rafflesiaceae), burmanniyadoshlar (Burmanniaceae)va boshqalarida chang 
tarzida urug‘lar hosil bo‘ladi: bitta bunday urug‘ning og‘irligi bir grammning 
milliondan birini tashkil qiladi. Salabdoshlarga mansub o‘simliklarning 
ayrimlarini urug‘lari 0,0000003-0,0000004 gramm. Bu urug‘larning havodan 
erga tushish tezligi 2-40 sm/s bo‘lib, ko‘plab o‘simliklarning chang donasiday 
urug‘lari ham shu tezlikda erga tushadi. Shu boisdan, ular shamol ta’sirida 
uzoqlarga ketib qoladi. Shuning uchun urug‘lari shamol ta’sirida tarqaladigan 
o‘simliklarning areallarini chegaralari ular tushgan joyda o‘sib rivojlanganligi 
bilan belgilanadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling