O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Og‘ir metallar tutgan tuproq o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Og‘ir metallar tutgan tuproq o‘simliklari. O‘simliklarning tuproqda 
og‘ir metallar tutgan joylarda ham tarqalishi ekstermal sharoitlar bilan 
bog‘liq. Bunday bog‘lanish bu xodisani uncha katta bo‘lmagan hududlarda 
darrov ko‘zga tashlanadi: tegishli o‘simliklarni xatto “tuproqindikatorlari” 
deb atashadi. Og‘ir metallar mis, qo‘rg‘oshin, ruh kabilarning tuzlari 
ko‘pchilik o‘simliklar uchun zaharli hisoblanadi. Uncha ko‘p bo‘lmagan 
turlar (yoki kenja turlar va tu xillari) borki ular bunday og‘ir metallarning 
tuzlari bo‘lgan joylarda ham o‘sib boshqa o‘simliklar tomonidan raqobatni 
sezmaydilar. Masalan, minuarsiya (Minuartia verna) misli birikmalarni yer 
ustiga chiqib qolgan joylarida, armeriya (Armeria maritima), silena (Silena 
vulgare)tarkibida ruh elementining birikmalari bo‘lgan tuproqlarda o‘sadi. 
Bundan tashqari qiyin eriydigan, juda sekin parchalanadigan magniy silikat 
bo‘lgan tuproqli sharoitlarda o‘ziga xos flora shakllanganligini ko‘rishgan. 
Ikkita paparotnik – Asplenium adulterinumvaAsplenium cunefoliumfaqat 
shunday joylarda o‘sadi xolos. SHuni ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd 
etilgan o‘simliklar og‘ir metallar tutgan tuproqlarda tarqalganligi bilvosita 
emas, bunday joylarda boshqa turlar tomonidan raqobatchilarning yo‘qligi 
ham ahamiyat kasb etadi. 
Ohakli tuproq o‘simliklari (kalsefillar). Ohaktoshli tog‘ jinslari yer 
yuzasiga chiqib qolgan joylarni silikatli jinslar bilan chegaralangan joylarida 
flora tarkibida keskin o‘zgarishlar bo‘lgani kuzatiladi. Ohakli va silikatli 
tuproqlarda o‘zaro yaqin qarindosh bir birini almashlaydigan alohida turlar 
o‘sadi. Kalsefil deb ataladigan turlar tarkibida kalsiy birikmalari ko‘p bo‘lgan 
tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning turlari juda ko‘p. Mutaxassislarning 
e’tirof etishlaricha, ko‘pchiligi o‘zining tarqalgan arealida umuman ohak 
bilan bog‘lanmagan. Bunday aloqadorlik arealning alohida joylarida 


18 
kuzatiladi. Bu xolat ofris (Ophrys insectifera)turida yaqqol namoyon bo‘lgan. 
Bu o‘simlik-orxediya unumsiz va ohak er yuzasiga yaqin joylarda tarqalgan. 
Xuddi shunday xolatni viburnum (Viburnum lantana) o‘simligida ham ko‘rish 
mumkin. Bir qator hududlarda bu o‘simliklar tuproqda ohak ko‘pligini 
bildiruvchi indikator bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda o‘simliklar tuproqlarning 
tarkibidagi kalsiy bilan bog‘langan xolda tarqalganligini emas, uning 
fizikaviy xususiyatlari bilan bog‘liq xolda hamda ohak ta’sirida tuproqning 
kislotaligini o‘zgarishi tufayli tarqalgan degan xulosa ham qilinishi mumkin. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling