O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘simliklarning changlanishi va tarqalishi hayvonlar orqali


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘simliklarning changlanishi va tarqalishi hayvonlar orqali 
Hozirgi zamon Yer florasi asosan gulli (yopiq urug‘li) o‘simliklardan 
iboratligi va ulardan asosan o‘simliklar qoplami tashkil topganligini aytdik. 
YOpiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligini gullari hasharotlar yordamida 
changlanadi. SHu boisdan ishtirok etadigan hayvonlar orasida tabiiyki o‘zaro 
tig‘iz munosabatlar shakllangan. U yoki bu zoofil tur- o‘simlik tegishli 
changlatuvchi hayvonlar bo‘lgan joylarda o‘sadi.
Hayvonlarni o‘simlik gullariga kelishining sabablari changlanishga 
bo‘lgan guldagi moslanishlar va shu kabilarni o‘z ichiga olgan biologiyaning 
maxsus tarmog‘i-gullashbiologiyasi ham paydo bo‘lgan. Zoofiliya qay tarzda 
o‘simliklarni tarqalib areallar hosil qilishiga sabab bo‘ladigan, bu xolatga olib 
keladiganlar haqida ma’lumotlar kam. O‘simlikning mazkur turini 
changlatuvchi bilan o‘zaro munosabatlari mavjud. Zero, salabdoshlar 
(orxideyalar) gullari shunday maxsus tuzilishlarni hosil qilganki ular ba’zi 
hasharotlar bilangina changlanadi. 
Orxideyalarda gullash davri juda ko‘pchiligida uzoq muddat davomida 
changlanishini kutib 2-3 oygacha so‘limay turadi. Bunday xolat vanda
odontoglossum, onsidium turkumining turlarida ro‘y beradi. Ba’zan gullash 
vegetatsiya davrining hamma davrida davom etadi, yangi novdalari keyingi 
yili hosil bo‘ladi. Ko‘p xollarda gullari tanasidan uzoqda hasharot oson 
ko‘radigan xolda joylashadi. Aksincha, to‘pgullar substrat bo‘ylab joylashib 
uyada ketayotgan hasharot orqali changlanib qolishga “harakat” qiladi. Chang 
donalari bu oilaga mansub o‘simliklarning turlarida o‘zaro bog‘lanib 
qolganligi tufayli ular havo oqimi bilan tarqalaolmaydi. SHu boisdan 
 


20 
orxediyalar 
faqat 
hayvonlar 
(hasharotlar 
va 
qushlar) 
yordamida 
changlanadilar. K. Dodson (1966) ma’lumotlari bo‘yicha ularga mansub 
turlarning asosiy qismi (50%)pardaqanotlilar (Hymenoptera) bilan (nektar 
tutganligi) changlanadi. Ikkinchi o‘rinda (18%) tangachaqanotlilar 
(Lepidoptera) ayniqsa tungi kapalaklar bilan, uchinchi o‘rinda (12%) 
ikkiqanotlilar (Diptera) yordamida changlanadilar. 
Hasharotga taklif etiladigan mahsulot bu nektar. Ayrim orxideyalarda 
nektar ancha chuqurda joylashadi. Uni olish uchun hasharotda tegishli 
moslama bo‘lishi kerak. Bunday moslama ksantopan turkumidan (Xanthopan 
morgani-praedicta) hasharotda spiralga o‘ralgan yozilganda 22,5 sm 
keladigan xartumi orqali nektarni oladi, bu bilan gulni changlaydi ham (6 tom 
35, 40 tabl.rasmi zarur). 
Orxideyalar haqidagi fikrlarni davom ettirib ular o‘simliklar olami 
orasida, oqsuyaklar-aristokratlar degan nom olganligini ular kishilarning 
ma’naviy olamini xuddi san’at asarlari kabi boyitadi. Orxideya-qush
orxideya-kapalak, -gnomlar, -kaltakesaklar, -baqalar, -o‘rgimchaklar, -
meduzalar, -laylaklar. Bunday g‘ayrioddiy ko‘rinishlar, bunday go‘zallik, 
iforlar yana qayda bor. Chiroyi va g‘aroyibligiga ko‘ra ko‘plab mamlakatlar 
orxediyalarni o‘zlarining milliy simvoli sifatida ta’kidladilar. Orxideya-
kabutar yoki orxideya-svyatoy dux (Peristeria elata). Qorday oppoq bu 
gulning o‘rtasida biroz qanotlari ko‘tarilgan kaptar borday ko‘rinadi. Panama 
mamlakatining milliy guli, Meksikaning aborgenlari hozir ham bu gulga 
sig‘inishadi.kattlsi 
turkumining 
turlari 
Kosta-Riki 
va 
Venesuela 
mamlakatlarining, likasma (Lycaste)-Gvatemalaning milliy guli. Tropik va 
subtropiklardagi o‘simliklarning changlanishida qushlar ishtirok etadi. 
ma’lumotlarga ko‘ra 2000 turga yaqin qushlar gullarni changlanishiga yordam 
beradi. Bunday xolatga ornitofiliya deyiladi. Ular Afrikada Sahroi kabirning 
janubiy hududlarigacha, Osiyoda Erongacha, Pokistonning g‘arbi va 
Xitoyning janubigacha hamda Avstraliya, YAngi Zelandiya va tinch 
okeanning arxipelaglari Solomon orollarida uchraydi. Bu asalso‘rarlar 


21 
(Meliphagidae)va nektarxo‘rlar (Nectarinidae), banan (Musa), gibiskus 
(Hibiscus), eritrina (Eritrina), lorantis (Loranthus), bombaks (Bombax) va shu 
kabi turkum o‘simliklarni changlatishda ishtirok etadi. Qush-changlatuvchilar 
orasida Amerikada yashaydigan kolibri (Trochilidae) muhimlaridan 
hisoblanadi. U faqat tropiklarda emas, salqin, mo‘‘tadil iqlimli hududlarda 
ham tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling