O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU: FLORISTIK OLAMLAR VA YERNING O‘SIMLIK


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

2-MAVZUFLORISTIK OLAMLAR VA YERNING O‘SIMLIK 
MINTAQALARI 
Reja: 
1. Goloarktik olam. 
2. Paleotropik olam.
3. Neotropik olam. 
4. Avstraliya olami.
5. Kap olami. 
6.Antarktik olam
Botanik olimlarning ko‘plab avlodlarining mashaqqatli oqilona olib 
borgan ilmiy tadqiqotlarini natijasida Yer sharining ko‘plab mintaqalaridagi 
flora haqida ma’lumotlar to‘plangan. Olingan ma’lumotlarni o‘zaro 


23 
qiyoslanishi natijasida o‘rganilgan hududlardagi floraning tarkibida farqlar 
mavjudligi aniqlandi. Bu farqlar asosida floristik rayonlashtirish imkoniyatlari 
bo‘ldi. Floraning tarkibidagi o‘ziga xosligi maksimal darajada ifodalangani 
floristikolam deb nomlanadi. Floristik olam viloyatlarga bo‘linadi. Bu xolat 
hudud kattaligiga emas, o‘ziga xos rivojlanish tarixi bilan bog‘liq. Olingan 
ma’lumotlar asosida er sharidagi o‘simliklar oltita floristik olamga bo‘linadi: 
1. Golarktik (Holarctis) 
2. Paleotropik (Paleotropis) 
3. Neotropik (Neotropis) 
4. Avstraliya (Australis) 
5. Kap (Capensis) 
6. Antarktik (Antarctis) 
Golarktikolam. Egallagan hududiga ko‘ra bu olam planetamizda eng 
kattasi hisoblanadi. U shimoliy yarimsharning neotropik qismi bo‘ylab 
yoyilib joylashgan. Bu olam o‘simliklarning ko‘plab oila va turkumlarini o‘z 
ichiga olib ko‘pchiligi istesnosiz xolda shu joyda tarqalgan yoki kelib chiqishi 
bilan bog‘langan. Gap shundaki, biz uchun odatiy bo‘lgan Aceraceae
Umbelliraceae, Cruciferaceae, Apiaceae, Brassicaceae, Caryophyllaceae, 
Betalaceae, Fagaceae, Rosaceae, Primulaceae, Ranunculaceae va boshqa 
oilalarning turkumlarini o‘simliklari bu olamda keng tarqalgan. 
Bu katta floristik olam turlicha iqlim sharoitli hududlardan iborat
natijada floristik tarkib ham turlichaligi bilan ifodalanadi. Golarktik olamni 
turli tadqiqotchilar 8 dan 12 tagacha floristik viloyatlarga bo‘ladilar. Bu 
mazkur viloyatlarning iqlimiy sharoitidan kelib chiqqan xolda o‘ziga xos 
o‘simliklar jamoasi shakllangan.
Sinkumbar floristik viloyat tundra mintaqasiga; 
Sirkumboreal mintaqa boreal tipdagi ninabargli o‘rmonlar mintaqasiga; 
yozgiyashil aralashbargli o‘rmonlar o‘rtaevropa viloyatiga; makroneziya-
o‘rtadengiz viloyati qattiqbargli (sklerofil) o‘simliklar jamoasiga; pontika-
janubiysibir viloyati cho‘llarga, turon viloyati sahro va chalasahrolarni o‘z 


24 
ichiga oladi. Bu olamning boshqa floristik viloyatlari ham shu tarzda 
taqsimlanadi. Floristik viloyatlarni taqsimlanishida avvalo muzlik davrining 
ta’sirini hisobga olgan xolda tarixiy rivojlanishi nazarda tutiladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling