O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Osiyoning namli tropik o‘rmonlari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
Osiyoning namli tropik o‘rmonlari
Osiyoning past tekisliklaridagi namli tropik o‘rmonlar Amerika va Afrikaning xuddi shunday o‘rmonlariga nisbatan antropogen ta’siri kuchliroq bo‘lgan. Hozirgi namli o‘rmonlarning past tekisliklari sholipoyalar va tropik ekinlar maydonlariga aylantirilgan. Faqat Malayziya va Indoneziya mamlakati 34 geveya (Hevea brasiliensis) plantatsiyalaridan jahon bo‘yicha olinadigan kauchukning 90 foizini ilgari nam o‘rmon bo‘lgan joylardan beradi. Yomg‘irli tropik o‘rmonlarning ayrim o‘simliklari hozir tropiklarning hamma joylarida ekma o‘simlik sifatida ekiladi. Masalan, Moluk orolidagi iforli muskat (Myristica fragrans)va chinnigul daraxt (Syzygium aromaticum), Shri-Lankadagi jigar tusli daraxt (Cinnamomum zeylanicum), Malabar qirg‘oqlaridan qora murch (Peper nigrum) va mango (Mangifera indica) ko‘p ekiladi. Shunga qaramay Birma va Shri-Lankadan to Tinch okeanining qirg‘oqlariga qadar bo‘lgan juda katta maydonga xali inson faoliyatining ta’siri deyarli bo‘lgani yo‘q. Sumatra, Klimantana va Yangi Gvineya hududidagi juda katta odam o‘taolmaydigan botqoqliklar va botqoqdagi o‘rmonlar Hind-Malay viloyati va Fillipin orollari namligi (yomg‘irli) tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Osiyodagi namli tropik (yomg‘irli) o‘rmonlarga xos bo‘lgan xususiyat bu ikki qanot mevali (Dipterocapaceae) oilasiga mansub turkumlari turlarining ko‘pligidir. Bu oila 22 turkumga mansub 400 dan ortiqroq turlardan iborat o‘simliklar bo‘lib ular tropik Osiyoning deyarli istisnosiz vakillari bo‘lib hisoblanadi. Bu oilaga mansub o‘simliklarning juda ko‘pchiligini baland bo‘yli daraxtlar tashkil qiladi. Shorea, Dipterocarpus, HopeavaVatica turkumlarining turlari boshqalaridan ko‘p va keng tarqalgan. Boshqa turkumlardan Sumatradagi bo‘yi 60 metrlardan ham oshadigan tarmoqlanmagan tanasi 40 metrlar keladigan Dyobalanops aromatuca xarakterli. Osiyoning namli tropik o‘rmonlarining taksonomik tarkibi Amerika va Afrika namli tropik o‘rmonlariga nisbatan unchalik chiroyli gulli emas. Sezalpiniyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligini gullari ko‘rimsiz, shu boisdan ulardan tashkil topgan o‘rmonlar ham shu kabi. Osiyoning namli tropik o‘rmonlariga fikus (Ficus) va non daraxti (Artrocarpus) ham xarakterli hisoblanadi. Bu yerda sezalpiniyalar unchalik muhim ahamiyatli emas. Biroq Indoneziyada o‘sadigan eng baland, bo‘yi 90 metrlarga etadigan Koompassia excelsa shu oilaga mansub. 35 Botqoqli yomg‘irli o‘rmonlarda ham ikki qanot mevalilarning vakillari ko‘p o‘sadi. Ulardan tashqari turli palmalar va pandana (Pandanus) turlari ham bor. Qadamlovchi va disksimon ildizli daraxtlarning ko‘pchiligi ham bu hududga xos. O‘rmonning ichkarisidagi daraxtlar chekkasidagidan kichikroq va siyrak joylashgan. Epifitlar orasida Myrmecodia, HydnophytumvaDischidiaturkumlarining turlari uchraydi. Tuproq yuzasidagi xloldoshlar (Cyperaceae)iborat o‘simliklar, botqoq moxlari va nimfeya turlari tarqalgan. Tog‘lardagi nam o‘rmonlarda 1500 m balandliklarda dub (Quercus) va kashtan (Castanea) o‘sadi. Bu joylar uchun epifitlar va xos, ularning turlari, soni ancha ko‘p. Epifitlar orasida paparotniklar, orxideyalar va ancha chiroyli gullaydigan turlar (Hoya medinilla) ko‘p. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling