O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Avstraliya savannalarining o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Avstraliya savannalarining o‘simliklari 
Bu materikning savannalarini o‘simlik qoplami ajib tusni hosil qilgan. 


47 
Bu savannalarning o‘simliklar qoplami boshqa materiklardagi kabi o‘zaro 
farqlanadigan yaqqol ifodalangan emas, zero hamma joylarda evkaliptlar 
doimo yashil o‘simliklari o‘sadi. SHunisi taajjubki, bu hududda insonlarning 
salbiy ta’siriga uchramagan joylar qolmagan hisobi. Fermerlar bu 
hududlardagi barcha daraxtlarni kesib yuborishgan. Qolganlarida ham 
evkaliptlar ancha siyrak o‘sadi, soyasi ham oz. Evkaliptlar bilan birgalikda 
Tristania, Cusuarina cunninghamiana ham bor. Butalar qavatida tashqi 
ko‘rinishi odam diqqatini tortadigan o‘tsimon daraxt Xomthorrhoea 
turkumining turlari tarqalgan. Er yuzasini boshoqlilar va paparotnik Pteridium 
qoplagan. Avstraliyaning shimoliy-sharqidagi katta maydonlar kserofil buta 
o‘simliklar bilan zich qoplangan. Ularning orasidaAcacia harpophylla 
boshqalaridan ko‘p uchraydi. Bu erdagi daraxtlar ko‘pincha buta ko‘rinishiga 
ega. Avstraliyaning bu o‘simliklar qoplamini boshqa materiklardagi jamoalar 
bilan qiyoslasa bo‘ladi. Qing‘ir, qiyshaygan tanali, ko‘kish yashil barglari 
bo‘lgan o‘simliklar qurg‘oqchilik tufayli yil davomida deyarli o‘smaydi. Bu 
erning chakalaklari faqat brigel-akasdan iboratgina emas, ular bilan birga 
rutadoshlar (Rutaceae)oilasidan Flindersia turkumining turlari ham ko‘p. 
Ancha qalin chakalaklarda avstraliyaning butilka daraxti (Brachychiton 
repestris) uchraydi. Materikning ichi sahrolardan iborat. 
 
4-MAVZU: CHALASAHRO, SAHROVA CHO`L MINTAQASI 
Reja 
1. Georgrafikjoylanishi . 
2. O‘sadigano‘simliklari. 
3. Sahroi Kabir 
4. Osiyoningsahrovachalasahrolari 
5. Cho`l mintaqasi 
 
Chalasahro va sahro mintaqasi kurrai zaminimizning asosan shimoliy 
yarim sharida yerning quruqlikning 1/4 qismini egallaydi.Issiq sahro va 
chalasahro, mo‘‘tadilissiq va qishi sovuq sahro va chalasahrolar farqlanadi. 
Shimoliy yarimsharning muhim subtropik sahrolari va chalasahrolari 


48 
quyidagilardan iborat. 
a) Afrikaning shimolidagi sahro: 
b) Eron-Pokiston-Xindiston xududlaridagi Dasht-Lut va Txar sahrolari: 
v) Shimoliy va Markaziy Amerikaning janubi-g‘arbidagi sahro va 
chalasahrolar (Sonoro sahrosi). 
Janubiy yarimshardagi: Chili-Peru qig‘oqbo‘yi sahrosi; Namibning 
qirg‘oqbo‘yi sahrosi; Kalaxari sahrosi; Karru chalasahrosi va Avstraliyaning 
markaziy va janubiy qismidagi sahrolar. Qishi sovuq quruq Osiyoning o‘rta 
mintaqasidagi O‘rta Osiyo sahro va chalasahrolari va Eron-Turon sahrolari. 
Qozog‘iston-Jung‘or sahrolari. Mo‘g‘ilistonning markaziy Osiyo qismini 
sahrolari. Xitoyning shimolidagi Gobi, Tokla-Makan, Beyshan, Alashan, 
Ordos va Saydan sahrolari. Tibetning baland tog‘larini qishi sovuq sahrolari. 
Va nixoyat janubiy yarimsharda qishi sovuq sahro Argentinada mavjud. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling