O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Toshlisahrolar (gamada).Yassitog‘liklardan iborat, u yerdagi toshlar 
oftobda qorayib toshli sahroga hunuk tus beradi. Suvni yo‘qligi tuzlar 
miqdorining ko‘pligidan gamadada o‘simliklar qoplami yo‘q hisobi. Qum-
shag‘alli sahroda tuproq shunchalik qattiqki, uni o‘simlik yorib chiqaolmaydi. 
Eroziyaga kuchli uchragan joylarda saksovul Haloxylon (sho‘radoshlar 
oilasidan), selena (Aristida, boshoqdoshlar oilasidan), ko‘p yillik o‘t-geofitlar 
va bir yillik ba’zi o‘tlar uchraydi. Serirlarda tuz ko‘p emas. 
Qumlisahrolar. Sahro Kabirning 20 % atrofidagi qismini tashkil 
qiladi. Qumliklar yaltiroq qizil namlik oshganda sarg‘ish-jigarrang tusli temir 
oksidi bilan qoplangan. Shu boisdan bu qumlar namlikni o‘zida yaxshi tutadi. 
Shamol ta’sirida ko‘chadigan qumlarda o‘simliklar yo‘q. Ko‘chmaydigan 
qum barxanlarida ildizi chuqurga kirib boradigan yulg‘un (Tamarix 
articulata), efedra (Ephedra alata), drok (Genista saharae), juzg‘un 
(Calligonum) hamda selin (Aristida pungens) o‘sadi. 
Quruqo‘zanlar (vadi). Shag‘al va qum bilan qoplangan. Ularda 
o‘simlikni o‘sishi uchun sharoit bor. Ba’zi joylarda akatsiya ham (Acacia
uchraydi. Bu joylar uchun tariq (Panicum turgidum) tikanli ko‘plab butalar, 
ulardan Zizyphus (jumrutdoshlar oilasidan), Maerua (kavardoshlar oilasidan), 
Balanites (tuyatovondoshlar oilasidan), sho‘rlangan tuproqlarda- Tamarix 
(yulg‘undoshlar oilasidan), Zygophyllum (tuyatovondoshlar oilasidan) va 
sho‘radoshlardan Salsola turkumining turlari o‘sadi. 
Vohalar. Qumliklar orasida ancha chuqurdan suv chiqadigan quduqli 
vodiylarda vohalar bor. Bunday joylarning o‘simliklar qoplami 
atrofdagilardan farq qiladi. Uncha katta bo‘lmagan suv xavzalarida rdest 
gichchak (Potomogeton), ryaska (Lemna), nayzabarg (Ceratophyllum), 


52 
qirg‘oqlarida qamish (Phragmites), qo‘g‘a (Typha) o‘sadi. Voha atroflarida 
dehqonchilik qilinadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling