O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Janubiy Amerika pampasi 
Cho‘llarning katta to‘rtinchisi Janubiy Amerikaning pampasi 
Argentinaning sharqiy qismini 0,5 mln km
2
maydonini egallaydi. Bu hududga 
shimol va g‘arbdan savannalar, sharqda daraxtli chalacho‘l o‘raydi. Shimoliy 
yarimshardagi preriya va cho‘llardan farqlanib pampada qish sovuq emas. 
Faqat qish oylarining ayrim vaqtlari sovuq bo‘ladi xolos. SHu tufayli yillik 
yog‘in miqdori 500-1000 mm miqdorida bo‘ladi. Haqiqiy preriyalar kabi 
pampada ham daraxtlar yo‘q. Daraxtlar o‘sishida qurg‘oqchilikni takrorlanib 
turishi ular uchun qulay emas. Bundan tashqari tig‘iz soz tuproq ham 
daraxtlarni o‘sib rivojlanish imkoniyatini cheklaydi. Daraxtlar pampada daryo 
atroflarida, yonbag‘irliklarning pastida bor.
Tekisliklardagi pampada kichkina ko‘llar suvi oqib chiqmaydigan 
ba’zan yozda qurib qoladigan ko‘lchalar ham bor. Ular biroz sho‘rligidan 
soda to‘planishi ham ro‘y beradi. Hozirgi kundagi pampa qishloq xo‘jaligi, 
dehqonchiligi rivojlangan aholi tig‘iz joylashgan hudud. Shu boisdan tabiiy 
o‘simliklar qoplami ba’zi joylardagina saqlanib qolgan xolos. Sharqiy 
Evropaning Shimoliy Amerika cho‘llaridagi kabi qo‘riqxonalar bu erlarda 
yo‘q. Janubiy yarimsharning bahorgi oylari sentyabr-oktyabr oylarida 
pampaning o‘simliklar qoplamini rivojlanishi boshoqlilar, bir yillik va ko‘p 
yillik o‘tlar hamda erosti qismi tufayli qishning noqulay omillaridan eson-
omon chiqqanlarida yangi barglar paydo bo‘ladi. Ularning qatorida asosan 
liliyalar va irislarning vakillari ko‘p bo‘ladi. Noyabr-dekabr oylarida 
o‘simliklar qoplamining tashqi ko‘rinishi maksimal darajaga etadi. Ularning 
tarkibini asosan kovullar tashkil qiladi. Yozning saratonida (yanvar-fevral 


64 
oylari) ma’lum darajada tinim ro‘y beradi, barglar sarg‘aya boshlaydi. Martga 
kelib esa o‘simliklar qoplamiga yana “jon kiradi”. Kech gullaydigan 
o‘simliklar rivojlana boshlaydi, shu bilan qishki davrga asta o‘tish boshlanadi. 
Janubiy pampa uchun avvalo butali yoki qalin chim hosil qiladigan (tussok 
tipidagi o‘tlar) boshoqlilar xos. Bunday o‘simliklar janubiy yarimsharning 
qishi qattiq sovuq bo‘lmaydigan joylarida keng tarqalgan. Hozir pampaning 
janubini ko‘p joylari haydab ekin maydonlariga aylantirilgan, bu yerlarda 
donli ekinlar va chorva hayvonlari yemaydigan o‘tlar ko‘p o‘sadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling