O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Shimoliy Amerika preriyalari 
Shimoliy Amerika preriy nomi bilan mashhur cho‘l viloyatlarida 
harorat shimoldan janubga tomon pasayib boradi, yog‘ingarchilik miqdori 
sharqdan g‘arbga qarab kamayadi. Mana shu omillar bilan preriylarning ko‘p 
tiplarini mavjudligi belgilanadi. Shimoliy Amerikaning preriylarida kech 
gullaydigan tropik va subtropik boshoqdoshlar masalan, chair (Andropogon
va tariq (Panicum) turkumlarining turlari o‘sadi. Preriyalarning o‘simliklar 
qoplamida qalin chim hosil qiladigan boshoqdoshlar ustunlik qiladi; sharqda 
yomg‘ir ko‘p yog‘adigan joyda ular baland bo‘yli, g‘arbda esa pakanaligicha 
qoladi. 
O‘simliklari baland bo‘yli preriylarda, ularni haqiqiy preriya deyishib 
yiliga o‘rtacha 600-1000 mm yog‘in yog‘adi. Bu preriyalarda tuproq barcha 
chuqurligi bo‘yicha to erosti suvlarigacha namlikka ega. Bunday sharoitda 
boshoqdoshlarga mansub o‘simliklarning tuproqlari juda unumdor 
bo‘lganligidan ular allaqachonlaridan beri haydab ishlov beriladi. 
Baland bo‘yli o‘simlikli preriyalar tuprog‘ining namlanganligi va 
joyning relfiga ko‘ra uch tipga bo‘linadi. Yassitog‘li preriylarda chayir 
(Andropogon scoparius) barglari 30-40 sm uzunlikka, to‘pgulining bo‘yi 50-
100 sm ga etadi.U boshqa boshoqdoshlar: Stipa spartea, Sporobolus 
heterolepis, 
Bontelona 
curtipendula, 
Agropyron 
smithiivaKoeleria 
cristatabilan birga o‘sadi. 
Pasttekislikli preriyalar suv bilan yana yaxshi ta’minlanganligi tufayli 
boshoqdoshlarning bo‘yi yana ham baland. CHayir (Agropyron gerardi
barglarini uzunligi 0,5 dan 1 metrlargacha uzunlikda, to‘pgulining balandligi 
1,5-2 m gacha ko‘tariladi. Bu tipdagi preriyda Sorghostrum nutans, Panicum 
virgatumvaElymus Canadensisham o‘sadi. Sernam quyiliklarda barglari yana 
ham uzun 2 metrlarga, to‘pgulining balandligi 3 metrga etadigan 
boshoqdoshlar bor: ular qatorida sho‘rxok tuproqlarni xushlaydigan Spartina 
pectinatamansub.


63 
Bu mintaqaning iqlimi arid. Bizon o‘t (Buchladactyloides) deb 
ataladigan egilib o‘sadigan past bo‘yli boshoqdosh va Bontelona gracilis 
o‘simliklar qoplamini tashkil etishda asosiysini tashkil qiladi. Bu preriyaning 
o‘simlik turlarini xilma-xilligi unchalik ko‘p emas. Chorva mollarini ko‘p 
boqilishi natijasida bu joylarda opunsiya (kaktus) ko‘p tarqalgan va o‘tloqni 
ahamiyati pasaygan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling