O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

CHO‘L MINTAQASI 
Mo‘tadil iqlimli mintaqada cho‘l katta maydonlarni tashkil qiladi. 
Shimoliy yarimsharning materiklarida uning ko‘p joylashgan joyi janubdan 
shimolga tomon 35 va 55° shimoliy kengliklarni egallaydi. Cho‘llarning eng 
kattasi – yevrosibir cho‘l mintaqasi, u sharqiy yevropadan (Dunay irmoqlari) 
to 
sharqiy 
Osiyogacha 
(Amur 
viloyati) 
boradi. 
Tuproq-iqlimiy 
xususiyatlarining turlichaligiga ko‘rayevrosibir mintaqani sharqiy yevropa, 
g‘arbiy sibir va markaziy Osiyo cho‘llariga bo‘linadi. Markaziy Amerikaning 
o‘rta qismidagi cho‘l preriya deb ataladi. Janubiy yarimsharda cho‘llar 
nisbatan kam. Bu xududda mo‘tadil iqlimli cho‘llar oz. Tabiiy o‘simlik 
qoplami g‘alladoshlardan iborat qoplam asosan Argentinada mavjud. Ularni 
Pampadeb ataydilar. 
Iqlimi va tuproqlari. Qishi sovuq iqlimli cho‘llar arid mintaqasida 
joylashgan. Cho‘llarda sahro va chalasahrolardagi kabi bug‘lanishning 
miqdori yog‘indan ko‘p. Cho‘llar uchun yozning issiq bo‘lishi, qishning 
sovuqligi xos. Qishgi va yozgi xaroratdagi farqlarning kattaligi cho‘l 
o‘simliklarining ekologiyasi uchun katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha yillik 
yog‘in 300-450 mm. Cho‘l uchun qishdagi qorning qalinligi muxim bo‘lib, 
shimolda u 20-40 sm ga etib ayrim cho‘l mintaqalarida 80-140 kun 
mobaynida turadi. Baxorda erib o‘simliklarni rivoji uchun asosiy namlik 
manbai bo‘lib hisoblanadi. Qish qorsiz kelganda o‘simliklarning rivoji past 
bo‘ladi. Cho‘llar odatda tekisliklardaligi tufayli bu xududlarda bo‘ronlar ko‘p 
bo‘ladi. Yozda u bir necha kunlar davom etadi. Uning issiq quruq xavosi 
tuproqdagi oxirgi namgacha olib ketadi. Cho‘llardagi tuproq hosil qiluvchisi 
asosan soz tuproq. U faqat yupqa bo‘lmay ko‘p metrli qoplamli xam bo‘ladi. 
Iqlim va o‘simliklar qoplamining ta’sirida soz tuproqdan cho‘llardagi asosiy 
tuproq tiplari qoratuproqlar va kashtan tuproqlar yuzaga kelgan. 
Qoratuproqlarni hosil bo‘lishi uchun o‘t o‘simliklar qoplamli yarim arid iqlim 


57 
zarur. Qoratuproqlarda ikki qavat: yuqorigi (A gorizont) chirindini miqdori 4-
10 % ga etadigan va chirindisiz pastki S gorizontdan iborat. Qoratuproqlar 
donadorli, oziq moddalarga boyligi tufayli mikroorganizmlarning turlari ko‘p 
bo‘ladi. Bu joylarda o‘sadigan boshoqdoshlarning yaxshi rivojlangan ildizlari 
quriganidan keyin chirindiga aylanadi. Janubga tomon arid iqlim ta’sirida 
qora tuproqlar kashtan rangli bilan almashadi. To‘q-kashtan tuproqlarning 
yuzasidagi chirindi 3-6 %dan iborat. Chirindisi yo‘q karbonat qavat 50-70 sm 
dan boshlanadi. Kashtan tuproqlar qo‘ng‘ir tuproqlar bilan almashadi. Cho‘l 
mintaqasida qoratuproqlar va kashtan ranglilar bilan bir qatorda, ayniqsa 
bug‘lanish jadal sodir bo‘ladigan joylarda tuproqda tuzlar uni sho‘rlanishiga 
sabab bo‘ladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling