O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Amerikaning Sonora sahrosi
Janubiy Afrika sahrolari
Janubiy Afrikaning g‘arbiy qismida ham arid iqlimli viloyatlar mavjud. G‘arbning eng pastida okean qirg‘og‘i bo‘ylab tuman bilan namlanadigan Namib sahrosi joylashgan. Katta maydoni yomg‘irni to‘sib turadigan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan joyda Karru chalasahrosi bor. Pushti daryo deb ataladigandan shimolda Janubiy tropik kengliklargacha qumli tekislik Kalaxari chalasahrosi joylashgan. Karru chalasahrosi sukkulentlarga va ko‘rinishidan ajib chiroyga ega va ekologiyasidan botanik mutaxassislarni o‘ziga jalb qiladigan o‘simliklarga ega. Chorva mollarini ko‘p boqilganidan hozirgi kunda Karru butachalari chalasahroga aylangan. Uning o‘simliklar qoplamida murakkabguldoshlar oilasidan past bo‘yli butachalar keng tarqalgan. Sukkulentlardan aizadoshlar oilasidan mezembriantemum (Mesembryantemum), turkumining turlari ko‘p uchraydi. Bu turkum 300 turdan iborat bo‘lib, uning tarqalishi Janubiy Afrika bilan bog‘liq. Bundan tashqari bu erda dereza turkumining tikanli butalari (Lyciumturkumining) va tuyatovondoshlardan Zygophyllum butalari bor. Bu erda katta aloelar (Aloe, liliyalar oilasidan) ko‘p o‘sadi. Afrikada bu turkumlardan 100 dan ortiq tur uchraydi. Poyali sukkulentlar bilan birgalikda bargli sukkulentlar (etdor bargli o‘simliklar) ham keng tarqalgan. Bu joylar uchun bo‘yi 2 metrga etadigan katta sukkulentlar xarakterli. Semizo‘tdoshlardan Cotylodon, daraxtsimon sezimo‘t(Crassulaarborea) va boshqalar, poyasi sukkulentli katta sutlama (Euphobia), stapelia (Stapelia), xernia (Huernia), xoodia (Hoodia) va geranlardan sarkokulon (Sarcocaulon)va baland ustunsimonAloe turkumining turlari o‘sadi. Bu o‘simliklar bilan bir qatorda ikkita bargigacha redutsiyalangan maydalari ham ko‘p. Shimoliy Amerikaning Sonora sahrosi Sonora sahrosi AQShning janubi-g‘arbiy (Arizona shtati) va Meksikani shimoliy qismi (Sonora shtati) hududida joylashgan. Bu yerda yillik 53 yog‘inning miqdori sahro o‘rtasida 55 mm dan, tog‘lar bilan chegaralangan qismida 400 mm gacha yetadi xolos. AQShning eng qurg‘oq bu hududini odatda saxro (Sonortandesert) deb atashadi. Janubiy Afrika sahrolari kabi bu yerda ham ancha sovuq qish va qisqa muddat davom etadigan jalali momaqaldiroqli yozda nam bo‘ladi xolos. Bu yerda sukkulentlar ayniqsa deyarli kaktuslardan tashkil topganligidan Sonoru “Kaktuslisahro” ham deb atashadi. Bu hududdagi kaktuslarning ildizlari, tuproqqa bir necha santimetrgacha kirib boradi, keyin u atrofga tarmoqlanib ketadi. Qurg‘oqchilikda uning bu ildizlari qurib qoladi. O‘simlik tanasida to‘plagan suvi hisobiga yashaydi. Carnegia giganteakaktusini bo‘yi 10-12 metrga etadi, tanasida to‘planadigan 2000-300 l suv unga bir yilga etadi. Qurigan tanasining yonidagi tirik novdalari gullaydi ham. Bu kaktusning ayrimlari Sonora sahrosida 150-200 yil yashaydi. Bunday o‘simlikning og‘irligi 6-7 t kelib, unda 85-91 % suv bor. Har bir yog‘ingarchilikdan keyin o‘simlikni hajmi kattalashadi. Tanasidagi qovurg‘alar yomg‘irdan keyin uzoqlashadi, qurg‘oqchilikda yaqinlashadi. Ustunsimon kaktuslar bilan birga balandligi va diametri 1 keladigan Ferocactus wislizenii,juvasimon Mammillaria microcarpa, opunsiylarning ko‘plab turlari keng tarqalgan. Janubiy Afrikaning chalasahrolariga xos aloening turlari Sonora sahrosida yukka (Yucca) turkumining turlari bilan almashgan. Ular bilan birga past bo‘yli butalar, vaqti-vaqtida to‘la quriydigan (poykilogidrik) paparotniklar hamda ko‘plab efemerlar ham o‘sadi. Yomg‘irdan keyin ular boshqa chalasahrolardagi kabi Sonorada ham bag‘oyat go‘zal xolatni qisqa muddatga barq urib gullagan bog‘ga aylantiradi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling