O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘rta Osiyoning sho‘rxok sahrolari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

 
O‘rta Osiyoning sho‘rxok sahrolari. O‘rta Osiyoning sahro va 
chalasahrolarining orasida sho‘rxok sahro maydonlari ko‘p uchraydi, ular 
orasida taqir-soz tuproqli yomg‘ir suvini tutadigan tekisliklar ko‘p. Bunday 
joylarning xarakterli ekologik omili bo‘lib tuzlar konsentratsiyasining ko‘pligi 
hisoblanadi. Bunday sharoitda o‘simliklarning turlari xam ko‘p emas. 
Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)oilasining sukkulentlari ko‘p. Ularning 
ayrimlari Yer shari bo‘ylab tarqalgan. Shundaylari bo‘lib Salicornia 


55 
herbasea, Svaeda, Salsolahisoblanadi. Bu oila o‘simliklarining orasida 
daraxtlardan 
Haloxylon 
aphylla, 
Kalidium, 
Seidlitzia, 
Halostachys 
turkumining 
turlari 
tarqalgan. 
SHu 
bilan 
birga 
Plumbaginaseae, 
Caryophyllaseae, Boraginaceae, Tamaricaceae oilalarining o‘simliklari xam 
uchraydi. Taqirlardagi algofloraning turlari ham ko‘p. 1 ga maydondagi 
ularning massasi 500-600 kg gacha yetadi. Namligi kam joylarda 
lishayniklarning ayrim turlari ham uchraydi. 
O‘rta Osiyoning qumli sahrolari. O‘rtaOsiyodagi ma’lum mashhur 
sahro bu Qoraqum va Qizilqum. Qumlar suvni ko‘p to‘plaganligi tufayli, bu 
sahrolarda agar o‘simliklar qoplami buzilmasa butalarning arqonsimon 
o‘simtalari uchraydi. Daraxtsimon o‘simliklarning ko‘pchiligi (bu erlarda 50 
turga yaqin uchraydi) O‘rtaOsiyoning qumli sahrolariga xos qo‘rinishni hosil 
qiladi. Ko‘p yillik bu o‘simliklar o‘ziga suvni tuproqning namli qatlamlaridan 
1,5 metr chuqurliklaridan oladi. Ular bunday sharoitlarda o‘sishi uchun suv 
bug‘lanishini cheklash bilan, barg yuzasini kichraytirib moslashadi. Masalan 
Calligonium turkumining 30 ga yaqin turlari bargsiz, ularning kalta 
assimilyasiyalovchi novdalari yozda tushib ketadi. Bunday xususiyat 
sahroning boshqa o‘simligi Haloxylon persicum turkumlariga xam xos. Uning 
bo‘yi bu erlarda 4 metrga etadi. Bargining yuzasi ancha redutsiyalagan 
butasimon ko‘rinishli bo‘yi 5 metrgacha etadigin Salsolava Astragalus 
turkumining turlarida xam shunday xolat mavjud. Faqat shu sahrolarda 
uchraydigan buta Smirnovia turkestanica(dukkakdoshlardan) yozda o‘zining 
mayda 
barglarini 
to‘kib 
yuboradi.Acanthophyllumo‘simligida 
(chinniguldoshlardan) barglar mayda tikanlarga aylangan. 
Qoraqum va Qizilqumda ko‘plab buta o‘simliklarning turlaridan 
tashqari yana 100 ga yaqin o‘t o‘simliklar, asosan baxorgi efemerlar ayrim 
joylarda er yuzasining 50% ga yaqin qatlamini egallaydi. Bu xududlardagi
o‘simliklarning mavjudligi baxor faslida tuproq yuzasini namligi bilan 
izoxlanadi. Efemerlar bilan bir qatorda ko‘p yillik g‘alla o‘simliklar uchraydi. 
Ulardan qumni qo‘chishiga yaxshi moslashganlaridan Aristidaturkumining 


56 
turlari ko‘p tarqalgan. Aristida rarelinaqum uning barglarini uchigacha 
bosganda xam o‘sib pastki qismida yangi ildizlarni hosil qiladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling