O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Iqlimi va tuproqlari. O‘rtaer dengizi viloyatining barcha hududlarida 
qishda yog‘adigan yog‘in miqdori uning chegarasini relefi bilan ya’ni, u tog‘li 
yoki tekislikli shu bilan bog‘liq. Tog‘ tizmalarining yaqinlarida 
yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi, ko‘p xollarda tuproq eroziyasiga sabab 
bo‘ladigan sel ham keladi. SHamoldan tog‘lar bilan ximoyalangan hududlarda 
ancha quruq bo‘lishi mumkin. Ulardan bittasi Evropaning eng quruq joyi 
Ispaniyaning janubida joylashgan. Qishda o‘rtacha oylik harorat 6,7
0
S, 
bahorda -13,4
0
S, yozda -22,6
0
S va kuzda -15,2
0
S. O‘rtacha
yillik 
yog‘in 
miqdori 1150 dan 451 mmgacha, yozda xecham yomg‘ir yog‘masligi ham 
mumkin. Shunday qilib, bu erda yilning turli davrlarida o‘simliklar issiq va 
namlik bilan bir xil ta’minlangan emas. Iqlim o‘simlik qoplamining 
rivojlanishini belgilaydi. O‘simliklar dekabrdan fevralgacha gullaydi, 


67 
gullashning asosiy vaqti aprelga to‘g‘ri keladi, may oyida esa ko‘pchilik 
o‘simliklar gullab bo‘lgan bo‘ladi, yozgi qurg‘oqchilik davri sentyabr 
oyigacha davom etadi. Qishda yomg‘ir yog‘adigan hududlarga sariq tuproq va 
qizil tuproqlar xarakterli. Bu ularda 10%gacha etadigan temir oksidi, 
gidroksidlari bilan bog‘liq. Haydab ishlov beriladigan hududlarda tuproqni 
yuqorigi qavati haydalganda qizil rang yaxshi bilinib turadi.
O‘rta yer dengizi viloyati o‘simliklari 
O‘rtaer dengiz florasi 10 000 turdan ortiq turlardan iborat. Bu Markaziy 
Evropa florasidan deyarli besh barobar ko‘p degani va u iqlim, joy relfi va 
tarixi bilan bog‘liq. Bu Evropaning arktik uchlamchi florasiga xos. Seratoniya 
(Ceratonia siliqua), tok (Vitis vinifera), oleandr (Nerium oleandr), mirt 
(Myrtus communis), chinor (Platan orientalis), moydaraxt (Olea europaea), 
iudino daraxt (Cercis siliquastrum), pista (Pistacia lentiscus) va o‘ziga xos 
ajdar daraxt (Dracena draco) Kanar orollarida tarqalgan. Uchlamchi davrning 
reliktlari o‘t o‘simliklarning orasida ham bor. Ularga boshqalari bilan birga 
paparotniklarga qarindosh qadimgi o‘simlikPsilotum nudum Ispaniyaning 
janubida, Ramonda vaHaberlea turkumlarining turlari Bolqonda va 
Ispaniyada saqlanib qolgan. Tropiklarga xos gesneriyadoshlar oilasidan kam 
uchraydigan o‘simlik-tekinxo‘r Cynomorium coccineumham bor. O‘rtaer 
dengiz florasida endemlar ham juda ko‘p -38%ni tashkil qiladi. Bunchalik 
ko‘p bo‘lishi geologiya jihatidan rivojlanishi bilan bog‘liq. Orollar va yarim 
orollarda shakllangan turlar qarindoshlaridan ming yillar davomida ajralib 
o‘sgan. Krit orolida endemlar 131 tur, Kiprda -69, Bolqonda -300dan ortiq. 
Gretsiyadagi Olipmni o‘zida 16 tur endem o‘simlik o‘sadi. O‘rtaer dengiz 
viloyati o‘simliklar qoplamida murakkabguldoshlarning 3000 dan ortiq 
turlari, dukkakdoshlarning 2000 ga yaqin, butguldoshlarning 1400 ga yaqin 
turlari yuzaga kelgan. Boshoqdoshlar, chinniguldoshlar va labguldoshlarning 
har birini 1000 dan ortiq turlari bor. O‘rtayer dengizining xarakterli 
o‘simliklari bo‘lib, ekib o‘stiriladiganlarni hisobga olmaganda ular unchalik 
ko‘p emas. Eng muhimlari bo‘lib zaytun (Olea europea), savr (Cupressis 


68 
sempervirens), piniya (Pinus pinea), lavr (Laurus nobilis), doimoyashil dublar 
(Quericusturkumining turlari), anjir (Ficus carica), maymunjondaraxt 
(Arbutus), daraxtsimon erika (Erica arborea) hisoblanadi. Bularning qatoriga 
madaniylashtirilgan sitruslar-limon, apelsin, mandarinlar juda katta 
maydonlarda o‘stirilib mahalliy sharoitning ko‘rkini tashkil qiladi. Bu 
hududda moydaraxt birinchi o‘rinda ahamiyat tutadigan o‘simlik. Ko‘rinishi 
xilma-xil sharoitlarga chidamligi hayratomuz. Moydaraxt ekib parvarishlab 
o‘striladiganlar orasida eng ko‘p umr ko‘radigan umrboqiylardan biri. 
Masalan, Ierusalim yaqinida o‘sadigani adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra 2000 
yildan beri hayot ekan. Boshqa daraxtlar orasida landshaftni belgilashda 
ahamiyatli Bolqonda keng tarqalganlaridan grek pixtasi (Abies cephalonica), 
Qur’oni karimda e’tirof etilgan Falastinlik anjir (Ficus sycomorus) archaning 
turlaridan ladan olinadigan (Juniperus thurifera) keng tarqalgan. Hamma 
joyda pista (Pistacia lentiscus), oleandr (Nerium oleandr), ninabarglilar, 
ulardan qoraqarag‘ay (Pinus nigra), ulardanPinus lencodermusva 
P.peucefaqat Bolqonda uchraydi xolos. O‘rtayer dengiz viloyat o‘simliklari 
orasida tosh dub (Quericusilex) turi asosiysini tashkil qiladigan bo‘yi 12 
metrgacha etadigan o‘rmonlar; ikkinchisi doimoyashil dub (uni po‘kak dub 
ham deyiladi-Quericus suber) va bir qator endem turlar, daryolarning 
vodiylarida sharq chinori (Platan orientalis), avraam daraxti (Vitex agnus-
castus), yulg‘un (Tamarixturlari); alepp qarag‘ayli (Pinus halepeensis)
o‘rmonlar; piniyali (Pinus pinea) o‘rmonlar katta maydonlarni egallaydi. 
Fransiya mamlakatining hududida past bo‘yli siyrak tarqalgan butazorlar keng 
tarqalgan ularni gariga deb atashadi. Floraga boy gariga barq urib o‘smagan 
butalarga boy, ular orasida qattiqbargli boshoqlilar (Ampilodesmos 
manritkaltaband (Brachypodium ramosum), ko‘plab terofitlar masalan, 
zubturum (Plantado psyllium), ko‘plab ladannik va orxideyalar keng 
tarqalgan. Bu floraning tarkibida xidli labguldoshlar lavanda (Lanvandula 
stoechas) va rozmarin (Rosmarinus officinalus) yovvoyi lola (Tulipa 
sylvestris), nargis (Narcissus poeticus), gulsapsar (Irischamaeiris), kalendula 


69 
(Calendula) va sedana (Nigella) turkumlarining turlari ham ko‘p 
tarqalgan.Qishi yomg‘irli o‘tadigan Kaliforniyada ham qattiq bargli 
o‘simliklar jamosi shakllangan. Ular okean qirg‘og‘idagi maydonlarni 
egallagan. Shimolda qattiqbargli dub daraxtli o‘rmonlar janubda chapral deb 
nomlanadigan butazorlar jamoasi tarqalgan. 
Kaliforniya florasi mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra muzlik davridan 
beri katta o‘zgarigshlarga uchramaganligi tufayli u turlarga boy. 
Maymunjondaraxt (Arbutus) va dub (Quericus) turkumlarining turlari bu 
hududda ko‘p tarqalgan. Daraxtlar ayniqsa qarag‘ay va archalar qumli va tog‘ 
qoyalari atroflarida ko‘p uchraydi. Ninasimon bargli sklerofill-chamiz 
(Adenostoma fasciculatum) ra’nodoshlar oilasidan xarakterli o‘simlik 
hisoblanadi. Kaliforniyaning dub daraxtli o‘rmonlari O‘rtayer dengizdagidan 
turlarga ancha boy. Bu yerda doimoyashil to‘qqiz dub turlaridan tashqari yana 
bu o‘simlikning to‘rt xazonrezgilari tarqalgan. Kaliforniya kashtani (Aesculus 
californica), leshina (Caryhis), sersis (Cercis) va klen (masalan, Acer 
macrophyllum) ham ko‘p uchraydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling