71
restionlar va proteylar orqali yaqinligi ham bor. Bu hududning hamma
joylarida daraxtlar avvalo evkalipt (
Eucalypts)
turkumining turlari keng
tarqalgan. Proteylar esa butalardan iborat qavatni tashkil qiladi.
Liliyadoshlardan
Xanthorrhoeaturkumining
o‘simliklari,
ochiqurug‘li
o‘simliklardan Macrozamia va arqonsimon to‘qilganday ko‘rinishli o‘tsimon
daraxtlarda kauzarinlar (
Causarinia) keng tarqalgan. Tuproqlari Kap
viloyatidagi
kabi nordon, iqlimi o‘xshash. Bu hudud sarhadi bo‘ylab
qattiqbargli o‘simliklarning materikni ichki qismidan aniq farqlash qiyin zero,
hamma joyda evkaliptlarning turlari keng tarqalgan. Avstraliyaning
qattiqbargli o‘simliklari tarqalgan viloyatning iqlimi O‘rtaer dengiz
iqlimiga
to‘la mos keladi. Bu hududlar “
yarra” o‘rmonlari bilan egallangan, unda
bo‘yi 20 metrdan oshmaydigan evkalipt (
Eucalyptus marginata)
asosini
tashkil etgan. Namli janubiy hududlarda aksincha “
Karrao‘rmonlari” ning
asosiysini bo‘yi 85 metrlargacha etadigan turli bargli evkalipt (
Eucalyptus
diversicola) tashkil etadi. ancha qurg‘oq “
Vanduo‘rmonlari” tarkibida ikki
ilmoqli evkalipt (
E. redunca) bo‘lib, materikning
ichki qismidagi sklerofill
jamoalarga tutashadi. Bu o‘rmonlar hozir ayrim joylardagina “qo‘l
tegmaganday” saqlanib qolgan xolos. Bu hududda juda katta maydonlar
tashlandiq xolda bo‘lib ular proteydoshlar oilasiga mansub bo‘yi 1
metrdan
oshmaydigan o‘simliklar bilan qoplangan, hasharotxo‘r o‘simliklar ham keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: