O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU: QISHKI YOMG‘IRLI VILOYATLARNING


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

 
5-MAVZU: QISHKI YOMG‘IRLI VILOYATLARNING 
SKLEROFILLAR JAMOASI. 
Reja 
1.Sklerofilli jamoalarning tarqalishi 
2.O‘rtayerdengizi viloyati o‘simliklari
3. Kaliforniyaning sklerofillar jamoasi 
4.Chili viloyat qattiqbargli o‘simliklari 
5.Kap viloyat o‘simliklari 
6.Avstraliya qattiq bargli o`simliklari. 
Yevropaning janubiga borilsa Alpning janubida o‘simliklar 
qoplamidagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shveysariyalik botanik 
uni quyidagicha ifodalagan:Tog‘ oraliqlaridan chiqishda xuddi sehrli 
tayoqchaning ta’sirida sodir bo‘lganiday oldimizda janub tabiatining boyligi 
namoyon bo‘ladi: bu ayniqsa Varso yaqinidagi Izelle darasida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. U yerdagi son-sanoqsiz qoyalar va keskin daralar yakkam-dukka 
aholi turar joylari va kashtanzorlarning ko‘pligi bilan almashadi. Adabiyot 
ma’lumotlaridan ma’lumki, O‘rtayer dengizi atroflarining o‘simliklar qoplami 
turlarining ko‘pligiga qaramay inson ta’sirida shakllangan. Boshqa biror 
hudud antrogon ta’sirga bunchalik uchramagan. O‘rtayer dengizi atrof 
hududining tabiati kishilarning xo‘jalikdagi faoliyati natijasida qanchalik 
darajada o‘zgarishiga yaqqol misol bo‘laoladi. Unumdor tuproqlar allaqachon 


65 
haydalgan. Haydalmay qo‘riq qolgan hududlarda daraxtlarni kesilishi chorva 
mollarini (asosan echki) boqilishi hamda yog‘inlarning ta’sirida kuchli 
o‘zgarishlarga uchragan. Yog‘ochga bo‘lgan talabni ko‘pligidan daraxtlarning 
ildizlarigacha qo‘porilgan. Chorva mollarini boqilishi tufayli qayta tiklanishni 
imkoniyati bo‘lmagan. Buni davomchisi sifatida tuproq eroziyasi qachonlardir 
unumdor bo‘lgan tuproqlarni toshli haqiqiy cho‘lga aylantirgan. Bu hududda 
hozir tabiiy tarzda shakllangan o‘rmonlar qolmagan. O‘rtaer dengizidagi 
bunday tipdagi landshaftlar kurrai zaminimizning boshqa erlari Avstraliya, 
Chili, Kaliforniya (AQSH) va Kap viloyatida ham bor. Sklerofilli o‘simliklar 
jamoalariga xos bo‘lgan zaminimizning barcha joylarida daraxtsimon 
o‘simliklar odatda past bo‘yli daraxtlar butalardan iborat. Butalar ko‘pincha 
dengizlardan uzoqda ko‘p tarqalgan. Odatda o‘rtacha kattalikdagi, terisimon 
bargli bu doimoyashil o‘simliklar qurg‘oqchilikni osonroq, engil tarzda 
o‘tkazishga moslanishlari natijada qattiq barglilik, boshqacha botanik atama 
bilan 
aytilganda 
sklerofiliyayuzaga 
kelgan. 

namlikni 
ortiqcha 
bug‘lanishidan ximoyalaydi; bu maqsadda ko‘plab o‘simliklarda barg 
yaprog‘ini tuklar bilan qoplanishi, kichiklashib ketishi, yaproqni ninaga 
aylanishi, arqonsimon novdalarni hosil bo‘lishi hamda efir moylarini ajralishi 
ro‘y bergan. Qattiq bargli daraxt va butalar yozda tinim davrini o‘taydi, biroq 
buning uchun ular maxsus moslamalarni hosil qilmaydi. Bunday hududlarda 
yerosti tuganaklari, piyozbosh, ildizpoyalar, yozning qurg‘oqchiligiga hayotiy 
davrini tugatadiganlar hamda bir yillik ko‘plab o‘simliklar keng tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling